Farğona şahrida telefoniga javob bermagani uçun Yandex haydovçisining maşinasi oynalarini toş bilan sindirgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Farğona viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qilişiça, gumonlanuvçi uşlangan.

«Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan ikki nafar şaxsning özaro janjallaşayotgani aks etgan videoxabar Farğona viloyati IIB tomonidan örganib çiqildi.
Aniqlanişiça, joriy yilning 1 avgust kuni Farğona şahrida yaşovçi fuqaro Ş.S. Yandex firmasiga taksi buyurtma qilgan hamda buyurtmani mazkur firma haydovçisi, Farğona şahrida yaşovçi 2002 yilda tuğilgan I.R. qabul qilib, birozdan söng öz boşqaruvidagi Cobalt rusmli avtomaşinasida S.Ş. turgan S.Temur köçasiga yetib kelgan.
Biroq, fuqaro Ş.S. haydovçi I.R.ning telefon apparati öçib qolganidan va uning qönğiroğiga javob bermaganidan jahli çiqib, u bilan özaro janjallaşib, I.R.ning avtomaşinasi oynalarini toş bilan urib sindirib yuborgan.
Holatning barça iştirokçilari şaxsiga oydinlik kiritilib, Ş.S qölga olingan. Hozirda Farğona şahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Qölga olingan şaxs jamoat joyida tartib buzgani uçun barçadan uzr söragan.
«Uzr, keçirasizlar, juda qizişib ketdim. Bir-birimizni tuşunmadik. Jamoat joyida tartibsizlik qilib, qonunni buzganimiz uçun mana, jazosini olib, javob berib ötiribmiz. Puşaymonman, fuqarolardan, hammadan uzr sörayman, boşqa qaytarilmaydi», deydi u.
Mulkka yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlaş böyiça tegişli tartibda ekspertiza tayinlangan.
Videoxabardagi IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlandi. Yakuniga köra qonuniy qaror qabul qilinadi.











