“Özgidromet” xabariga köra, Özbekistonda yoz faslining örtasi odatda qanday issiq bölsa, uşbu yilning iyul oyi katta qismi ham şunday issiq böldi.
Oyning harorat tartibi har turli böldi. Birinçi ön kunlikda Özbekiston hududiga Kavkazdan salqin havo kirib keldi va hududning katta qismida +32...+36 daraja atrofida bölgan qulay havo harorati kuzatildi va hatto respublikaning eng çekka janubida ham harorat +37...+39 darajadan yuqoriga kötarilmadi.
Ammo ikkinçi ön kunlikning boşidan boşlab yoz respublika hududida öz ta’sirini ötkazişga qaror qildi. Respublika hududiga Erondan yana issiq tropik havo kirib kelişi boşlandi va harorat kötarildi. Özbekistonning katta qismida kunduzgi harorat +37...+40 daraja atrofida, eng issiq davrlarda esa +41...+42 darajagaça, janubda +43...+45 darajagaça, çöl hududlar va Orolböyida +46 darajagaça böldi.
Iyul oyida harorat +40 daraja va undan yuqori bölgan kunlar soni: Toşkentda 8 kun (örtaça yillik qiymati (me’yor) - 2 kun), Termiz şahrida 24 kun (me’yor - 16 kun), Nukusda 8 kun (me’yor - 4 kun) qayd etildi.
Issiq ob-havo bölişiga qaramay, iyul oyida maksimal havo harorati böyiça yangi rekordlar qayd etilmadi.
Eng issiq iyul oylari reytingida 2023 yil iyul oyi hududning katta qismi böyiça 2019 va 2021 yillarning iyul oylaridan söng birinçi uçlikka kirdi. Respublikaning ğarbiy va janubi-ğarbiy hududlari böyiça bu yilning iyul oyi eng issiq iyul oylar orasida 4-6-örinni egalladi.
2023 yil iyul oyi quruq böldi, bunday holat Özbekiston böyiça uşbu oy uçun xosdir. Hududning katta qismida yomğir umuman yoğmadi yoki ularning miqdori biroz böldi. Faqat respublikaning toğli hududlarida bir oy içida 13 mmdan 30 mmgaça, Toşkent viloyatining baland toğlarida va Qamçiq dovonida esa oy uçun yoğingarçilik 35-48 mmgaça böldi.












