Yozgi transferlar davom etmoqda, yana bir qator futbolçilar özlariga yangi klub topişdi, yana bir qança transferlar hal bölişi kutilmoqda. Quyida sönggi kunning eng asosiy transfer xabarlari dayjesti.

Sönggi kunlarda amalga oşirilgan transferlar

«Mançester Siti» himoyaçilar böyiça transfer rekordini yangiladi

Yoşko Gvardiol 90 mln yevro (yana 10 mln yevro bonus) evaziga  «RB Leypsig»dan ötgan mavsumda trebl sohibi bölgan jamoaga ötdi— bu vaqtgaça himoyaçi uçun bunça köp pulni heç kim tölamagandi. 21 yoşli xorvat bilan beş yillik şartnoma tuzilgan. Hozirça «Siti»ning yangi futbolçisining eng katta yutuği — Pep Gvardioladan kompliment bölib turibdi. Tabiiyki, familiyasi tufayli.

«Mançester Yunayted» Rasmus Hoylundni sotib oldi

Bu doston ham nihoyat yakunlandi. «Ikkinçi Holand» deb atalayotgan 20 yoşdi daniyalik hujumçi «Atalanta»dan «Old Trafford»ga keldi. Transfer qiymati — 70 mln yevrodan ortiq, bonuslar ham közda tutilgan. Tomonlar beş yillik şartnoma imzolaşgan, unda kelişuvni yana bir yilga uzaytiriş töğrisida band bor.

Uşbu forvard ötgan mavsum A Seriyada 32 öyinda 9 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qilgan.

«Tottenhem»da transferlar davom etmoqda

«Tottenhem» Angelos Postekoglu boşçiligida APLning yangi mavsumiga tayyorlanmoqda. «Şporlar» xöjayinlari tarkibni kuçaytirmoqda. «Blekbyorn»dan 18 yoşli himoyaçi Eşli Fillips sotib olindi. 192 sm böyga ega futbolçi Angliyaning turli yoş toifalaridagi jamoalarida öynagan va yildan yilga ösib bormoqda. U endi katta klub bilan beş yillik şartnomaga ega böldi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga köra, «Tottenhem» tez orada yana ikki futbolçi transferini e’lon qiladi. Birinçisi – «Rosario Sentral»ning 19 yoşli forvardi Alexo Velis, ikkinçisi – «Volfsburg» himoyaçisi Mikki van de Ven. Argentinalik hujumçi uçun klub 15 mln yevro va bonuslar tölaydi, niderlandiyalik futbolçi transferi 50 mln yevroga tuşadi. «Tottenhem» top-4 ga qaytiş uçun jiddiy kirişgan.

«Çelsi» «Brayton» darvozabonini sotib oldi

25 yoşli Robert Sançes endi Kepa Arrisabalaga bilan raqobatlaşadi, jamoaning ötgan mavsumdagi asosiy darvozaboni Eduar Mendi Saudiya Arabistoniga yöl olgan. Tomonlar yetti yillik şartnoma tuzişgan. 

«Çelsi» yana bir fransuzni qölga kiritdi

«Monako» himoyaçi Aksel Disasini «Çelsi»ga sotdi. 25 yoşli  futbolçi bilan olti yillik şartnoma tuzilgan. Transfer qiymati 45 mln yevroni taşkil etgan. Disasi ötgan mavsumda «Monako» safida 49 öyin ötkazib, olti gol urgan va tört golga uzatma bergan. «Çelsi»da Aksel darhol asosiy tarkibda öynaydi, çunki klub jarohat tufayli Uesli Fofanani uzoq vaqtga yöqotgan.

«Latsio»da yaponiyalik futbolçi

Yaponiya milliy jamoasi havbeki Daiti Kamada faoliyatini A Seriyada davom ettiradi. «Latsio» u bilan 2+1 şaklida şartnoma imzolanganini e’lon qildi. Yaponiyalik 26 yoşli futbolçi «Ayntraxt»dan erkin agent sifatida Rim klubiga köçib ötdi.

Avvalroq, Kamadaning rimliklar safidagi yillik maoşi 3,4 mln yevroni taşkil etişi xabar qilingandi. 

«Milan»ning yana bir transferi

«Milan» «Valensiya»dan amerikalik yarimhimoyaçi Yunus Musani sotib olganini e’lon qildi. 20 yoşli futbolçi yangi klubi bilan 2028 yil yoziga qadar şartnoma imzolagan. Futbolçining yillik maoşi miqdori 2 mln yevroni taşkil etadi. Musa «Milan»da öz vaqtida Ronaldinoga tegişli bölgan 80-raqamni oldi. Transfer uçun 20 mln yevro tölangan, yana 1 mln yevro bonus sifatida közda tutilgan. Yunus «Arsenal» akademiyasi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi, 2019 yilda «Valensiya»ga ötgandi. «Körşapalaklar» safida u jami 108 öyinda maydonga tuşgan. Endi uning faoliyatida – yangi bosqiç boşlanmoqda.

Yyerri Mina «Fiorentina» futbolçisiga aylandi

«Barselona»ning sobiq himoyaçisi Yyerri Mina «Everton»ni tark etib, faoliyatini Italiyada davom ettiradigan böldi. «Fiorentina» klubi kolumbiyalik 28 yoşli futbolçi bilan şartnoma imzolanganini e’lon qildi. U italiyaliklar klubi safiga erkin agent sifatida qöşildi. Tomonlar bir yillik şartnoma imzolagan.

Avvalroq, Minaga «Paxtakor» qiziqiş bildirgani haqida xabar qilingandi.

Kutilayotgan va öxşamagan transferlar

 

 

Neymar «Barselona»ga qaytişi mumkin

Mundo Deportivo va Diario Sport naşrlari haftaning asosiy yangiligini e’lon qilişdi — Neymar «Barselona»ga ötişi mumkin. Jurnalist Mabhut Al-Marri ma’lumotiga köra (u «PSJ»ga aloqador ma’lumotlar uçun işonçli manba sifatida qaraladi), 31 yoşli vinger Kataloniyaga qaytişni istamoqda va uning hozirgi klubi ham uni töxtatmoqçi emas.

Ammo, naşr ma’lumotiga köra, Xavi Neymarning qaytişiga qiziqiş bildirmayapti — uning hisoblaşiça, braziliyalik yulduz uning loyihasi uçun kerakli futbolçi emas. Avvalroq insayder Fabritsio Romano «Barselona» vingeri Usmon Dembele «PSJ»ga ketişidan keyin kataloniyaliklar hujum çiziğida yangi futbolçiga ehtiyoj sezişi mumkinligi haqida yozgandi.

Kilian Mbappe bir oyoği bilan «Real»dami?

Kamida jurnalist Rodrigo Fayesning tasdiqlaşiça şunday. Uning ma’lumotiga köra, «Real» va «PSJ» baribir uşbu superyulduz transferi böyiça kelişuvga erişgan va endi 24 yoşli hujumçi Madrid klubi bilan uzoq muddatli şartnoma tuzadi. Kelişuv qiymati oçiqlanmayapti, lekin Mbappening «Real» safidagi debyuti katta ehtimol bilan Ispaniya çempionatining 1-turi doirasida «Atletik» Bilbao klubiga qarşi keçadi. Öyin 12 avgust kuniga belgilangan.

Fabritsio Romanoning ma’lumoti esa boşqaçaroq. Uning yozişiça, «PSJ»ning pozitsiyasi özgarişsiz qolmoqda. Parijliklar klubi futbolçiga bir neça takliflar bergan, jumladan keyingi yil yozida ma’lum miqdorda transfer bölişi evaziga şartnomani uzaytiriş böyiça ham. Mbappe barça takliflarni rad etgan.

Bu vaqtda esa «Real» futbolçilari Toni Kross va Rodrigo instagramdagi sahifasi orqali Kilian Mbappening transferiga işora qilmoqda.

Keynning «Bavariya»ga ötişi xavf ostida

Yozning yana bir asosiy transfer sagasida esa işlar çappasiga ketmoqda — 4 avgust kuni «Bavariya» «Tottenhem»ga Harri Keyn böyiça yakuniy taklifini yuborgan va javob qaytariş uçun dedlayn belgilagandi — öşa kunning oxiriga. Navbatdagi taklif şartlari oldingilaridan ança yaxşiroq edi: myunxenliklar hujumçi uçun 100 million yevro va bonuslar sifatida yana 20 mln yevro va’da qilişgan. Oldinroq OAV «şporlar» xöjayini Deniel Levi futbolçi uçun aynan şunça mablağ sörayotgani aytilgandi.

Ammo, Bild ma’lumotiga köra, londonliklar klubi rahbari bu taklifni ham e’tiborsiz qoldirgan va ta’til uçun Mayamiga uçib ketgan — Myunxendagilar buni savdoni davom ettiriş sifatida baholaşgan. 30 yoşli futbolçining şartnomasi muddati 2024 yilda yakuniga yetadi, Keyn esa yangi şartnoma tuzişdan boş tortmoqda.

«Inter» Zommerni sotib olmoqda

Fabritsio Romano «Inter» va «Bavariya» Yan Zommer transferi böyiça yakuniy kelişuvga erişganini e’lon qildi — 34 yoşli darvozabon endi Italiya çempionatida özini sinab köradi. Şveytsariyalik futbolçi myunxenliklar safiga yanvar oyida kelib qöşilgandi, ammo u Noyyer safga qaytganidan keyin ikkinçi raqamli darvozabon bölib qolişni istamadi va ançadan buyon öziga yangi klub topişni sörab kelayotgandi. Yakunda «Inter» uni 6 million yevroga transfer qilişga muvaffaq böldi. Tomonlar qança muddatga şartnoma tuzayotgani ma’lum emas.

«Yuventus»ning navbatdagi nişonlari

«Yuventus» transferlar bozorida faollaşmoqda. Avvalroq Romelu Lukaku va Janluidji Donnarummaga qiziqişlar töğrisida xabarlar berilgandi. Endi Fabritsio Romano va Janluka Di Marsioning tasdiqlaşiça, «Yuve» «Nitssa» himoyaçisi Jan-Kler Todibo va «Arsenal» yarimhimoyaçisi Tomas Parti transferi ustida iş olib bormoqda. Turinliklar 23 yoşli futbolçi borasida fransuz klubiga rasmiy sörov yuborib bölgan. Şuningdek, Parti transferi böyiça ham «Arsenal» bilan aloqa örnatilgan, ammo hozirça iş rasmiy muzokaralargaça yetib kelmagan.

«Çelsi» va «Siti» bir futbolçi uçun raqobatlaşmoqda

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berişiça, «Çelsi» va «Mançester Siti» APL örtamiyona jamoalaridan biri «Kristal Pelas» yarimhimoyaçisi Maykl Olise transferiga qiziqmoqda. 21 yoşli uşbu futbolçining şartnomasidagi badal puli miqdori 40 mln yevroni taşkil etadi. Klublar Oliseni safga qöşib oliş uçun uşbu bandni işga tuşirişi mumkin.

E’tiborli tomoni, futbolçi «Çelsi» akademiyasida yetti yil ötkazgan (2009 yildan 2016 yilgaça). 2022/2023 yillar mavsumida u «Kristal Pelas» uçun barça turnirlar doirasida 40 öyinda maydonga tuşib, ikki gol urgan va 11 golga uzatma bergan. Uning klubi bilan şartnomasi muddati 2026 yil iyun oyi oxirigaça tuzilgan.

«Milan» «Barsa» himoyaçisini qölga kiritadimi?

La Gazzetta dello Sport xabariga köra, «Milan» fransiyalik himoyaçi Kleman Langle transferiga qiziqmoqda. Naşr ma’lumotiga köra, bu transfer 10 mln yevroga aylanişi mumkin. Ammo «rossonerilar» narxni yanada tuşirişni istamoqda. Langle ötgan mavsumda ijara asosida «Tottenhem»da töp tepgandi. 28 yoşli futbolçi londonliklarning barça turnirlar doirasidagi 35 öyinida maydonga tuşib, bir gol urgan va ikki golga uzatma bergan. Langlening kataloniyaliklar bilan şartnomasi muddati 2026 yil yozida yakunlanadi.

«Mançester Siti» germaniyalik yoş yulduzga köz tikkan

Gap Florian Virs haqida ketmoqda. 20 yoşli yarimhimoyaçi bir neça yildan buyon «Bayyer» safida Bundesligada javlon urmoqda va bölajak superyulduz sifatida qaralmoqda. Football Transfers ma’lumotiga köra, «Siti» uşbu iste’dodli nemisni Saudiya Arabistoniga yöl olgan Riyoz Mahrezga munosib örinbosar sifatida körmoqda. Pep Gvardiol Virsga yuqori baho bermoqda va futbolçining özi ham klubini özgartirişga qarşi emas. Ammo «Bayyer» öz yulduzi uçun kattagina mablağ işlab olmoqçi.

«Çelsi» va «Arsenal» Muhammad Quddus uçun raqobatda yutqazdi

Nufuzli The Athletic naşri yozişiça, «Brayton» «Ayaks» bilan 23 yoşli ganalik yarimhimoyaçi transferi borasida kelişuvga erişgan. Angliyaning örtamiyona klubi uçun bu rekord transfer böladi. Tomonlar 40 mln yevroga kelişgan. Quddusning özi ham bölajak klubi bilan şartnoma şartlarini kelişib olgan. Bungaça uşbu futbolçi uçun «Çelsi» va «Arsenal» klublari asosiy da’vogar sifatida körilayotgandi.