Belarus va Polşa orqali Germaniyaga ötuvçi «Drujba» neft quvurining şimoliy tarmoğida sizib çiqişi aniqlandi. Bu haqda 5 avgust, şanba kuni «Drujba» neft quvurining Polşa uçastkasi operatori PERN ma’lum qildi va sizib çiqiş Polşa markazidagi Xodeç şahri yaqinida sodir bölganini ta’kidladi. Uşbu neft quvuri orqali neftni yetkazib beriş töxtatilgan, hodisa sabablari haqida heç narsa ma’lum emas.
PERN kompaniyasining xabar berişiça, sizib çiqqan joyda davlat yonğin xavfsizligi xizmati va kompaniya favqulodda xizmatlari işlamoqda. Ta’mirlaş işlari tugagandan söng, ifloslangan tuproqni qayta tiklaş boşlanadi, deb xabar qildi PERN. U voqea Polşada yonilği bilan boğliq holatga ta’sir qilmasligi kerakligini ta’kidladi. Şuningdek, neft quvuri işi 8 avgust kuni ertalab tiklanişi mumkinligi haqida xabar berildi.
«PERN infratuzilmasining boşqa elementlari, jumladan, tankerlar bilan Polşaga, söngra Germaniyaga kelayotgan xom neftni haydaş uçun foydalaniladigan Pomorskiy uçastkasi normal işlayapti», — deya qöşimça qildi kompaniya.
Ilgari Rossiya nefti ham Germaniyaga «Drujba»ning şimoliy tarmoği orqali yetkazib berilgan, biroq Rossiyaning Ukrainaga töliq bostirib kirişidan keyin Germaniya Rossiyadan xom neft qabul qilişdan boş tortişga qaror qildi. Ayni vaqtda Qozoğiston nefti «Drujba» orqali Germaniyaga borgan. 2022 yil oktyabr oyida PERN Plotsk şahri yaqinida sizib çiqiş aniqlangani haqida xabar bergan edi.












