6 avgust kuni ertalab dron Moskvaga hujum qilişga urindi, deb ma’lum qildi Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin özining Telegram-kanalida. «Bugun, soat 11 lar atrofida uçuvçisiz uçoq bilan Moskvaga yorib kirişga uriniş böldi. U yaqinlaşib kelayotgan paytda havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan yöq qilindi. Harbiylar yaxşi işladi», deb yozadi u.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham UUAning yöq qilingani haqida xabar berdi. idora ma’lumotlariga köra, Ukraina qurolli kuçlari uçuvçisiz uçoq yordamida Moskva viloyatidagi obektlarga hujum qilmoqçi bölgan, biroq dron Podolsk tumani hududidagi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yöq qilingan. Qurbonlar va vayronalar yöq, deya qöşimça qildi Mudofaa vazirligi. 

Avvalroq Moskvadagi Vnukovo aeroporti matbuot xizmati havo zonasi vaqtinça yopilgani va samolyotlarni qabul qiliş va uçirişga çeklovlar qöyilgani haqida xabar bergan edi. Taqiq bir yarim soat davomida amalda böldi, şundan söng u bekor qilindi. 

Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirişidan keyin Moskva bir neça bor uçuvçisiz uçoqlar tomonidan hujumga uçragan. 3 mayga ötar keçasi Moskva Kremlidagi Senat saroyi gumbaziga ikkita dron hujum qildi. 30 may kuni ertalab uçta dron Yangi Moskva va poytaxt markazidagi turar joy binolariga zarba berdi. 

24 iyulga ötar keçasi ikkita dron 2 ta noturar joy binosiga urilgan. Bir dron Lixaçev prospektida qurilayotgan biznes markaziga, ikkinçisi Komsomolskiy prospektidagi Rossiya Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestrasi binosiga qulagan. 30 iyuldan 1 avgustga ötar keçasi dronlar Moskva Siti minoralariga hujum qildi.