Buxoro viloyati hokimligi tuzilmasida yangi lavozim tayinlovi amalga oşirildi. Viloyat hokimligi xabar berişiça, Botir Ahmedov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari etib tayinlandi.
B.Ahmedov 1982 yil 12 iyunda Vobkent tumanida tuğilgan. 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2007 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura)ni tugatgan.
Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi - xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznesni boşqariş.
Ayni vaqtga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi Loyihalar ofisi boşliği örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Buxoro viloyatining bundan oldingi birinçi örinbosari Jamşid Tursunov (u bu lavozimda 2023 yil yanvarida iş boşlagandi) 2023 yil iyulida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.












