Buxoro va Xorazm viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Qo‘mita raisi o‘rinbosari viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi, Xazorasp tumani hokimining lavozimi ko‘tarildi.
Jamshid Tursunov Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

U 1979 yilning 22 fevralida Buxoro viloyati Buxoro tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi — moliya va kredit, bank ishi. O‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Markaziy bankining turli lavozimlarida ishlagan.
2021 yil mayidan buyon Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Buxoro viloyati hokimining avvalgi birinchi o‘rinbosari Nozim Xolmurodov 2022 yil avgustida investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi (u Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lishidan oldin ham, 2019-2021 yillarda shu vazirlikda vazir o‘rinbosari bo‘lgan).

Xorazm viloyatida ham o‘zgarishlar bo‘ldi.
Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Komiljon Erkinovich Sobirov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Muqaddam Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan Komiljon Sobirov 2020 yil dekabrida viloyat hokimi o‘rinbosarligiga tayinlangandi.
Hazorasp tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan O‘ktam Rustamovich Masharipov Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Masharipov avval ham Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, keyin Yangibozor tumaniga hokimlik qilgan, 2020 yil martidan buyon Hazorasp tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damas va Labo ishlab chiqarish to‘xtatiladimi?
O‘zbekiston | 16:09
-
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi
Jahon | 16:01
-
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
O‘zbekiston | 15:52
-
O‘zbekistonlik yosh mutaxassislar Germaniyadagi korxonalarga ishga jalb etiladi
O‘zbekiston | 15:50
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025