Samarqandlik 138 nafar fuqaro Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Angliyaga mavsumiy işga yuboriş böyiça e’lonidan keyin zarur jarayonlardan ötgan, lekin keta olmay qolgan.
Kun.uz'da turli xususiy agentliklar tomonidan fuqarolarni xorijga jönatiş bilan boğliq holatlar bir neça marta yoritilgan. Çetga çiqiş evaziga katta mablağ tölab, çuv tuşib qolgan fuqarolar arzi köp bölgan. Lekin bu safar murojaatçilar xususiy firmalar emas, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligidan norozi bölmoqda.

Ma’lum bölişiça, 2023 yilning 17 fevral kuni agentlikning rasmiy Telegram-kanalida Buyuk Britaniyada işlaş istagidan bölgan fuqarolar uçun e’lon joylaştiriladi. E’longa asosan röyxatdan ötgan fuqarolar suhbat asosida saralab olinadi. Aytişlariça, rasmiylar keçi bilan joriy yilning 15 mayiga qadar nomzodlar Buyuk Britaniyaga jönab ketişini va’da qilişgan.
Ma’lumotlarga köra, Samarqand viloyati böyiça Buyuk Britaniyaga borib işlaş uçun 385 kişi suhbatdan ötgan. Hozirga qadar şundan 179 kişi jönab ketgan. Aynan xorijga jönatilganlar qaysi mezon asosida saralab olinayotgani murojaatçilarga qoronğiligiça qolmoqda.

Payariqlik Uluğbek Sultonovning aytişiça, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Telegram'da maxsus guruh oçib, öşa yerda yangiliklarni ulaşib turgan. Suhbatdan ötganlar öziga tegişli barça talablarni bajarib bölişgan. Aytaylik, soğliği, kasbi va şaxsiga oid ma’lumotlar olingan. Belgilangan tölov ham qilingan. Fuqarolar may oyida jönab ketişi aytilgan bölsa-da, bu gap amalga oşmagan.

Bulunğurlik Elmurod Oçilovga köra, unda traktor boşqariş huquqini beruvçi guvohnoma ham bor. Buyuk Britaniyaga boruvçi fuqarolar qişloq xöjalik işlariga jalb qilinişi közda tutilgan. Lekin Oçilovga dehqonçilikni yaxşi bilişi, traktor boşqara olişi ham afzallik bermayapti. Uning fikriça, bu yerda qandaydir “öyin” bölyapti.
Oçilov suhbat jarayonidayoq adolatsizlik bölganini aytmoqda. Migratsiya agentligi vakili Islom Ismoilov suhbatdan ötolmagan yigitlardan biri bilan çetroqda alohida suhbatlaşib olgani, bir muddat ötib öşa yigit Britaniyaga birinçilardan bölib ketganini aytadi.
Nomzodlardan yana biri Tölqin Şukurov esa agentlik va fuqaro örtasida tuzilgan şartnomada heç qanday muddat körsatilmaganiga e’tibor qaratdi. Muddat belgilanmagan şartnomani istagança çöziş yoki unga zid ölaroq iş qiliş mumkinligini bildirdi.

“Darhaqiqat, şartnoma allaqaçon buzildi. Biz davlatga işonganmiz, çetda fuqarolarimizning aldangani qança. Mana, öşa fevral oyida suhbatdan ötib, hozirgaça xorijga ketolmaganlar bilan sentabr-oktyabr oylarida qaytadan suhbat ötkaziladi, deyişyapti. Bu qaysi mezonga töğri keladi?” dedi Tölqin Şukurov.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyat filiali rahbari Sunnatulla Abdusaidov vaziyatga izoh berdi.


Abdusaidovga köra, bu loyihada suhbatdan ötganlardan 385 kişi saralab olingan. Keyinçalik 67 kişi arizasini qaytarib olgan, ayni vaqtda 138 kişi Buyuk Britaniyaga ketolmay turibdi.



“Agentligimiz qilişi kerak bölgan barça işlarni bajardi. Biroq suhbatdan ötgan nomzodlarning qaysi muddatda xorijga çiqib ketişini biz hal qilmaymiz. Britaniyadagi ikkita kompaniya bilan hamkorlik qilyapmiz. Suhbatdan ötgan nomzodlarning barçasining ma’lumoti saytga joylaştirilgan. Öşa tarmoq orqali britaniyalik fermerlar nomzodlarni özlari tanlab çaqirişadi. Bu yerda qandaydir Özbekiston tomonidan inson omili aralaşmaydi.
Biz hozir ham nomzodlar bilan şartnomani bekor qilganimiz yöq. Aksinça, yurtdoşlarimiz rivojlangan davlatlarga borib işlaşlarini istaymiz.
Mavsumiy işga yuborişni maqsad qilganmiz. Hamkorlarimiz ob-havo noqulay kelgani sababli hosildorlikka ham ta’sir qilganini aytişdi. Şu sababli suhbatdan ötganlar vaqtida ketişolmadi”, – dedi Sunnatulla Abdusaidov.
Migratsiya vakili Britaniyadagi hamkor taşkilot – “Hops Labour Solutions” kompaniyasi vakillari sentabr-oktyabr oylarida Özbekistonga kelişi va tanlab olingan fuqarolar bilan rus tilini biliş darajasini aniqlaştirib olişini ma’lum qilmoqda.
Bu kompaniya vakillari fevral oyida ham nomzodlar bilan suhbat ötkazib, saralab olgan. Suhbat ötkazilganidan keyin ma’lum miqdorda tölov qilib, kamiga 5 oydan buyon kutayotganlarga bu talab malol kelmoqda.

Umuman, migratsiya vakillari maxsus Telegram guruhi orqali saralab olingan fuqarolarni yangiliklardan xabardor qilib turişi, savollariga qoniqarli tarzda javob berişi közda tutilgan. Biroq rasmiylarning ijtimoiy tarmoqdagi guruhda fuqarolarga javob bermay qöygani turli savollarni yuzaga keltirmoqda. Xorijga ketiş istagidagilarning toqatini toq qilgan.
Kamiga Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining mas’ul xodimi Islom Ismoilov fuqarolar bilan muloqotda özini nopisandlarça tutib, tahdiddan nariga ötmagan.
Telegram guruh orqali Islom Ismoilov nomzodlar bilan muloqot qilar ekan, agar tanqidlar köpaysa, agentlikka qandaydir e’tirozlar qilib töplanişsa, Milliy gvardiya çaqirişi bilan tahdid qilgan.
Ma’lum bölişiça, bu loyihada iştirok etib xorijga ketişi kerak bölgan, biroq hozirga qadar sarson bölib yurganlar faqat samarqandliklar emas. Boşqa viloyatlarda ham şu holat kuzatilgan.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi suhbatdan ötgan fuqarolarni xorijga jönatib yuborişda inson omili yöqligini aytmoqda. Qaysi fuqaroni çaqirişni Britaniya tomon hal qilişini ma’lum qildi. Biroq Buyuk Britaniyadagi hamkor taşkilot – “Hops Labour Solutions” kompaniyasi suhbatdan ötgan fuqarolarni işga çaqirişni nega bunçalik çözib yuborganini agentlik vakillari yetarliça asoslab berolmadi. Xorijiy kompaniyadan jönatilgani aytilayotgan xat va vajlarni esa Kun.uz'ga taqdim qilişolmadi.
Kun.uz mazkur vaziyatni kuzatişda davom etadi va rasmiylardan qöşimça munosabat kutib qoladi.
Isomiddin Pölatov,
Kun.uz muxbiri
Tasvirçi va montaj ustasi:
Faxriddin Hotamov











