Hujjat bilan Buxoro viloyatida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining içimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlangan darajasini oşiriş, viloyat sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxşilaş, şuningdek, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan hamkorlikni kengaytiriş vazifalari tasdiqlandi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan hamkorlikda «Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş (2-bosqiç)» loyihasi amalga oşiriladi.

Loyihaning umumiy qiymati 281,25 million AQŞ dollariga teng. Şundan 248,40 million AQŞ dollari miqdoridagi qarzni Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki 5 yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan holda 25 yilda qaytariş şarti bilan ajratadi. Dasturni amalga oşiriş böyiça qolgan mablağ Özbekistonning uluşi hisoblanadi. Loyihani amalga oşiriş davri 5 yil (2023-2027 yillar) etib belgilandi.

Hujjatda «Özsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati loyihaning sifatli amalga oşirilişi uçun zarur taşkiliy-texnik tadbirlarning öz vaqtida ötkazilişi hamda OIIBning qarzidan maqsadli va samarali foydalanilişini ta’minlaş uçun mas’ul ijro etuvçi organ hisoblanişi qayd etilgan. Buxoro viloyati hokimligi va «Özsuvta’minot» bilan birgalikda loyihaning sifatli amalga oşirilişi, belgilangan körsatkiçlarga erişilişi va OIIB qarzlarining öz vaqtida qaytarilişi uçun javobgar etib belgilandi.

Loyiha doirasida Buxoro viloyatining loyiha bilan qamrab olinmagan hududlarida jami 1157,2 km içimlik suv va 117,3 km oqova suv tarmoqlari, jumladan, Jondor tumanida 409,3 km, Peşku tumanida 305,9 km va Romitan tumanida 442 km içimlik suv tarmoqlari hamda Buxoro şahrida 117,3 km oqova suv tarmoqlarini quriş böyiça yangi loyihalar amalga oşiriladi.