Muzokaralar davomida Port-Said şahrida Özbekiston Savdo-sanoat palatasining savdo uyini oçiş taklifi bildirildi. Bu Özbekiston-Misr tovarlari va xizmatlarini import hamda eksport qiliş uçun markaz bölib xizmat qilişi qayd etildi.
Özbekiston Savdo-sanoat palatasining mazkur taşabbusi hayotga tatbiq etilişi natijasida, kelgusida mamlakatdan Afrika, Yevropa va Osiyo mamlakatlariga tovarlarni eksport qiliş imkoniyati yaratiladi.
Port Said gubernatorining örinbosari Said Amro Usmon öz nutqida uşbu loyihani amalga oşirişdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Uning aytişiça, Özbekiston mahsulotlarini Port-Said orqali Misr, Afrika va Yevropaga olib kiriş eng maqbul variant.

«Çunki Port Saidda logistika uçun barça zarur şaroitlar, jumladan, omborxona, transport kommunikatsiyalari va xorijiy investitsiyalar uçun imtiyozlar mavjud. Şu sababli biz Özbekiston Savdo-sanoat palatasining savdo uyini taşkil etiş taşabbuslarini amalga oşiriş uçun har tomonlama yordam berişga tayyormiz», dedi u.
Uçraşuv yakunida tomonlar Savdo uyini taşkil etiş böyiça barça masalalarni atrofliça örganiş va loyihani hayotga tatbiq etiş maqsadida qöşma işçi guruh tuzişga kelişib oldi.












