Indeks Hinrich Foundation va IMD Jahon raqobatbardoşligi markazi hamkorligida işlab çiqilgan. Baholaş uçta asosiy yönaliş böyiça 72 ta körsatkiçni qamrab oladi.

Umumiy reytingda 100 ball töplagan Britaniya 2024-yilga nisbatan bir poğona yuqorilagan. Singapur ikki poğona kötarilib, ikkinçi örinni egallagan. Keyingi örinlarda Yangi Zelandiya, Hongkong va Avstraliya joylaşgan.

Ayrim iqtisodiyotlar sezilarli ösiş körsatgan. Malayziya tört poğona kötarilib, 11-öringa, Kambodja tört poğona yuqorilab, 15-öringa çiqqan. Şri-Lanka ham natijasini tört poğona yaxşilab, 22-örinni egallagan.

Yaponiya esa uç poğona pastlab sakkizinçi, Xitoy uç poğona tuşib 19-örinda qayd etilgan.

Indeksning iqtisodiy yönalişi mamlakatlarning xalqaro savdo orqali ösişni taʼminlaş qobiliyatini baholaydi. Bunda eksport bozorlarining qançalik xilma-xilligi va davlat qarzining yalpi içki mahsulotga nisbati kabi omillar hisobga olinadi.

Uşbu yönalişda Singapur birinçi örinni olgan. AQŞ 2024-yildagi törtinçi örindan 2026-yilda ikkinçi öringa kötarilgan. Biroq xabarda AQŞning tarif siyosati va uning kengroq iqtisodiy oqibatlari mamlakat natijasiga salbiy taʼsir qilgani qayd etilgan.

Ijtimoiy yönaliş inson kapitali rivojini, jumladan, oliy taʼlim bilan qamrov va kutilayotgan umr davomiyligini hisobga oladi. Bu borada Avstraliya Kanadani biroz ortda qoldirib, yetakçi bölgan.

Ekologik yönalişda tabiiy resurslardan foydalaniş samaradorligi, qayta tiklanuvçi energiya manbalari va aholi jon boşiga karbonat angidrid çiqindilari kabi körsatkiçlar baholanadi. Unda Yangi Zelandiya birinçi örinni egallagan.

Kambodja ekologik yönalişda 2025-yildagi 17-örindan 2026-yilda uçinçi öringa kötarilgan. Hongkong sakkizinçi örindan törtinçiga, Vetnam esa 13-örindan sakkizinçiga çiqqan.

Indeks barça mamlakatlarni qamrab olmaydi va iqtisodiyotlarning umumiy qudratini baholamaydi. U tanlab olingan 30 ta iqtisodiyotda xalqaro savdoning uzoq muddatli barqarorligini taqqoslaydi.