Joriy yilning 14 avgust kuni Transport vazirligida AQŞning Özbekistondagi elçixonasi siyosiy-iqtisodiy bölimi hamda USAID loyihasining «Örta Osiyoda savdo-sanoat» yönalişi vakillari iştirokida uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuvda Yevropa va Osiyo örtasida xalqaro savdoni rivojlantiriş orqali barqaror iqtisodiy ösiş va farovonlikni ta’minlaşda transport va logistikaning muhim roli alohida ta’kidlab ötildi.
Şu munosabat bilan tomonlar Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasida intermodal va multimodal transçegaraviy va tranzit transport xizmatlari körsatişni rivojlantiriş masalasini körib çiqdi.
Bundan taşqari, Transkaspiy yölagi böylab özaro hamkorlikning yangi şakllarini yaratiş imkoniyatlari muhokama qilindi.












