16 avgust, çorşanba kuni Litva hukumati Belarus bilan çegaradagi oltita nazorat-ötkaziş punktidan ikkitasini yopiş haqida qarorini e’lon qildi va buni «geosiyosiy vaziyat» bilan izohladi. Qişloq hududlardagi ikkita nazorat-ötkaziş punkti – Şumskas va Tveryaçyus 18 avgust, juma kunidan boşlab yopiladi, deb xabar berdi Litva vazirlar mahkamasi. Tijorat maqsadida harakatlanuvçi transport vositalari uşbu nazorat punktlaridan foydalanmaydi. 

Çegarada törtta nazorat-ötkaziş punkti öz faoliyatini davom ettiradi: Medininkay (Belarus tomondan – Kamenniy Log), Lavorişkes (Kotlovka), Raygardas (Privalka) va Şalçininkay (Benyakoni). 

«Vagner» yollanma askarlari Belarusda

Kuzatuvçilar Litva hukumatining ikkita çegara nazorat-ötkaziş punktini yopiş qarorini qöşni Belarus hududida joylaşgan «Vagner» XHK yollanma askarlarining ehtimoliy tahdidi bilan boğlamoqda. Litvaga qöşni Polşa allaqaçon Belarus bilan çegaradagi deyarli barça nazorat-ötkaziş punktlarini yopib qöygan, ulardan faqat bittasi işlayapti. Bundan taşqari, Polşa çegaraçilarga yordam beriş uçun yana 10 ming askarni Belarus bilan çegaraga yuboriş niyatida. 

23 iyul kuni Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko «Belarusda joylaşgan «Vagner» XHK yollanma askarlari «vaziyatni taranglaştirayotgani» haqida ma’lum qildi, sababi uning sözlariga köra, ular «Varşavaga ekskursiyaga bormoqçi». «Ğarbga ketmoqçimiz. Bizga ruxsat bering». Men: «Nega Ğarbga borişni xohlayapsizlar? - deb söradim. «Varşavaga, Jyeşuvga ekskursiyaga», deb javob qaytarişdi», - dedi Lukaşenko. 

15 avgustdan boşlab Latviya ham Belarus bilan çegaraga qöşimça çegara xizmati kuçlarini safarbar qildi. Çegara qöşinlari xodimlarga ta’til berişni töxtatdi, şuningdek, ta’tilda bölganlarni işga çaqirib oldi. Bu qaror «Latviya-Belarus davlat çegarasida tez ösib borayotgan gibrid tahdidi munosabati bilan» qabul qilindi.