Agar Gurjistondan Rossiyaga olib kirilayotgan maşinalar soni jami import qilinayotgan maşinalarining atigi 1 foizini taşkil qilgan esa-da, iyul oyida Armanistondan tranzit qilingan, avval haydalgan maşinalarning har oltinçisi Rossiyaga ötkazilgan. Bu maşinalarning 2 foizi yangi bölgan.
Dariali posti (Rossiya tomonidan Yuqori Lars nomi bilan maşhur) orqali endi bunday maşinalar avto taşuvçi treylerda ham, özining yurişi bilan ham öta olmaydi, degan mahalliy brokerlar VPost naşriga.
Ayni paytda xorijdan avval haydalgan maşinalarni olib kiriş, ayniqsa, yuridik şaxslar uçun kam daromadli işga aylangan, çunki 1 avgustdan boşlab Rossiyada bunday maşinalarga utilizatsiya yiğimi maşina dvigateli quvvatiga köra 1,7–3,4 barobarga ösib, 80 ming rubldan 1,2 mln rublgaça yetgan.
Biroq jismoniy şaxslar maşinalarni imtiyozli stavkalarda olib kiriş huquqini saqlab qolişayotgandi — yangi avtomobilga 3400 rubl, haydalgan avto uçun 5200 rubl. Faqat dvigatel hajmi 3 litrdan ziyod bölmasligi kerak va yiliga bir marta bu iş bilan şuğullaniş mumkin. Yiğimlar miqdori oşirilgunga qadar ham Armanistondan avtomobillar asosan jismoniy şaxslar tomonidan olib kirilayotgandi — hujjatlarni rasmiylaştiriş osonroq va tölov kamroq bölgani uçun.
Maşinalarning bir qismi Armanistondan haydab olib kirilgan, Gurjistonda treylerlar yoki yuk maşinalari kuzoviga ortilgan, biroq juda köp hollarda tranzit avtoraqamlari ilinib, haydovçilar yoki xaridorlar tomonidan ötkazilgan. Endi bunday maşinalarni ötkaziş taqiqlanadi.
Importçilar darhol vaziyatni baholab, maşinalarni Gurjistonni aylanib ötkaza boşlaşgan. Eron orqali Kaspiy böyiga çiqib, paromda Astraxanga, yoki rasmiylaştirilgan tranzit orqali Qozoğistonga yetkazib, öşa yerda rasmiylaştirişmoqda. Bunday aylaniş uçun transport kompaniyalari avtomobil narxiga örtaça 1000 AQŞ dollari qöşişmoqda. Brokerlarning sözlariga köra, Gurjiston va Armaniston orqali kirib kelayotgan maşinalarning barçasi 50 ming dollardan arzon maşinalar, ularning katta qismi hattoki 20 ming dollardan arzon. Şu sababli, maşinalar narxi 5 foizga kötarilmoqda. Özi uçun avto xarid qilgan yoki xususiy buyurtma uçun avto yetkazib beruvçilar osonroq va tezroq sxemalarni axtariş bilan band.
Bungaça eng arzon yöli — maşinani Armanistonda mahalliy fuqaro nomiga hisobga qöyiş, arman avtoraqamlari yordamida maşinani Rossiyaga olib ötiş, söng Rossiyadan turib onlayn hisobdan çiqariş va maşinani rossiyalik xaridorga sotiş bölgan. Biroq muammo çiqqan: Agar Rossiyaga Armaniston fuqarosi öz nomidagi maşinani haydab ötsa, Yuqori Larsda rossiyalik bojxonaçilar maşinaga olib kiriş uçun heç qanday bojxona hujjati rasmiylaştirişmagan. Buning oqibatida avtomobil Rossiyaga import qilingan hisoblanmagan, unga utilizatsiya yiğimi tölaşga ham asos bölmagan. Utilizatsiya yiğimisiz maşinani Rossiyada hisobga qöyib bölmaydi.
Bu şaroitlarda Gurjistonda Armanistondan Rossiyaga 800–1000 dollar evaziga tranzit sxemasi orqali ötkazib beruvçi vositaçilar paydo bölgan edi.












