Sun’iy yöldoş ma’lumotlari şuni körsatadiki, sönggi 20 yil içida dunyo okeanining 56 foizi tusi kökdan yaşilga özgargan. Bu özgarişlar, ayniqsa, ekvator yaqinidagi tropik mintaqalarda yaqqol seziladi, deb xabar berdi Euronews.
NASA agentligining Modis-Aqua sun’iy yöldoşi dunyo okeanining yarmidan köpi kök rangdan asosan yaşil rangga bosqiçma-bosqiç ötganinin qayd etgan. Rangini özgartirgan maydon Yerdagi barça quruqlik maydonidan kattaroqdir.
Buyuk Britaniyaning Sauthempton şahridagi Milliy okeanografiya markazi tahliliga köra, yaşil rang global isiş tufayli ekotizimlarning özgarişi belgisi bölişi mumkin. Bu özgarişlar nima ekani va ularning aniq sabablari hali aniqlanmagan. Ammo, ular, ehtimol, köpçilik oziq-ovqat zanjirlari asosidagi mavjudotlar - fitoplankton bilan boğliq. Bu organizmlar biz nafas olayotgan kislorodning köp qismini işlab çiqarişda va atmosferamizni barqarorlaştirişda ham muhim rol öynaydi.
«Iqlim özgarişining oqibatlari dengiz mikroorganizmlari ekotizimida allaqaçon sezilmoqda», deyiladi tadqiqotda.
Tadqiqot mualliflarining fikriça, okean rangining özgarişi ekotizimlari holatidagi özgarişlarni aks ettirişi mumkin. Töq kök ranglar hayot darajasining pasayişini, yaşil ranglar esa fitoplankton faolligini körsatadi.
Olimlarning fikriga köra, okean rangidagi özgarişlar tendensiyasini payqaş uçun 40 yilgaça vaqt kerak böladi.
Okean rangi özgarişini çuqurroq örganiş uçun 2024 yil yanvar oyida NASA agentligi Pace kosmik apparatini uçirişni rejalaştirilgan. U plankton, aerozollar, bulutlar va okean ekotizimini kuzatadi.












