Respublikadagi barça davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024 öquv yili 4 sentabrdan (duşanba kuni) boşlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Şuningdek, vazirlik Toşkent şahar metropolitenida yölovçi oqimini töğri taqsimlaş, talabalarning öz vaqtida dars maşğulotlariga yetib borişlari uçun qulaylik yaratiş maqsadida metro bekatlarga yaqin joylaşgan OTMlarining maqbullaştirilgan iş grafigini e’lon qildi.

Unga köra, 2023 yil 4 sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy ta’lim maskani talabalari özgargan grafik asosida darslarga qatnaşadi.

Eslatib ötamiz, Prezident Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2 sentabr — şanba qöşimça dam oliş kuni sifatida belgilanganligi sababli 1 – 3 sentabr barça uçun dam oliş kunlari sanaladi.