Har yili avtomaşinalarga örnatilgan gazballonlar portlaşi oqibatida önlab baxtsiz hodisalar röy bermoqda. Afsuski, köpçilik haydovçilar gazballonidan foydalaniş bilan boğliq xavfsizlik qoidalariga rioya etmayapti. Xöş, avtomobil gazballoni nima uçun portlaydi? Buning oldini oliş mumkinmi?

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) avtomobilga örnatilgan gazballoni portlaşiga sabab böluvçi omillar, ularni bartaraf etiş va transportda xavfsizlikni ta’minlaş çora-tadbirlari haqida ma’lumot berdi.

Quyidagi omillar transportga örnatilgan gazballonlarining xavfsiz va işonçli işlaşini belgilab beuvçi asosiy mezonlar hisoblanadi:

Foydalaniş muddati. Işlab çiqaruvçilar tomonidan gazballonlarining foydalaniş muddati 15 yil qilib belgilangan. Ammo, uni saqlaş va ekspluatatsiya şaroitining oğirligiga qarab bu muddat kamayişi mumkin.

Davriylik sikli. Mazkur körsatkiç gazballoniga bir yilda neça marta gaz quyiş kerakligini anglatadi. Davriylik sikli işlab çiqaruvçilar tomonidan yiliga mingta qilib belgilangan. Biroq, amaliyotda ayrim haydovçilar gazballoniga yiliga ikki ming marotabadan ham köproq gaz quyadi. Bu ham gazballonining «umrini qisqartiradi».

Bosim. gazballonidagi bosim 20 megapaskaldan oşib ketmasligi kerak. Afsuski, aksariyat haydovçilar uzoqroq yöl bosiş maqsadida köproq bosim ostida gaz quyişga harakat qilişadi. Buning oqibati esa ayançli yakun topişi mumkin.

Texnik körik. gazballonlari har yili kamida bir marotaba yuqori bosim ostida sinovdan ötkazilişi kerak. Bu gazballoni devorlarining mustahkamligini, taşqi hamda içki deformatsiyaga uçramaganligini aniqlaş va yana bir yil foydalaniş uçun işonç hosil qiliş imkonini beradi. Şuningdek, ballondagi gaz çökmalari hamda boşqa çiqindilar tozalanib, yuviladi.

Afsuski, köpçilik haydovçilar gazballonini sinovdan ötkazişdan qoçadi. Oqibatda gazballoni yillar davomida sinovdan ötkazilmasdan qolib ketadi. Ballon mahkamlangan konstruksiyalardagi himoya rezinalari şikastlanadi, temir konstruksiyalar va taşqi muhit ta’sirida ballonda deformatsiya boşlanadi, gaz çökmalari ta’sirida içki yemiriliş kuçayadi hamda oxir-oqibat gazballoni portlaşi mumkin.

Sifat. 2018 yil fevral oyidan buyon Özbekistonda SPG-2 turdagi (kapron) gazballoni foydalanişdan çiqarilgan. Bunga mazkur gazballonlarining mustahkamligi yetarli darajada emasligi va foydalaniş muddatining kamligi sabab qilib körsatilgan. Ammo, hozir ham «kapron» kompozit qoplamali gazballonlaridan foydalaniş holatlari uçrab turadi. Bundan taşqari, ballon yuzasidagi kompozit qoplamani olib taşlab, xuddi pölat ballondek körsatiş holatlari aniqlanmoqda. Bu esa juda xatarli.

Töğri örnatiş. gazballonlari faqat tegişli litsenziyaga ega mutaxassislar tomonidan örnatilişi lozim. Şuningdek, gaz uskunalarining standart xavfsizlik klapanlari bölişi kerak. Arzon hamda qölbola xavfsizlik klapanlari tezda işdan çiqadi va zarur hollarda işlamay qoladi.

Yuqoridagi mezonlarga qat’iy amal qiliş esa gazballonining xavfsizligini, şuningdek, insonlar hayoti hamda salomatligini asraşni ham ta’minlaydi.