Joriy yilning 2-noyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” klubi Elit Çempionlar ligasi 4-turi doirasida Saudiyaning “An-Nasr” jamoasini öz uyida qabul qiladi.
Öyindan avval turnir jadvaliga eʼtibor qaratadigan bölsak, “An-Nasr” ikki öyin ötkazib, 3 oçkoga ega bölib turibdi. “Paxtakor” esa 3 ta öyinda 2 ta durang va 1 mağlubiyat bilan 2 oçkoga ega. Ronaldu jamoadoşlari musobaqani “Al-Ayn”dan yirik 4:0 hisobidagi yirik mağlubiyat bilan boşladi. 2-turda esa Farğonaning “Neftçi” klubini 3:1 hisobida yengdi. 26-oktabr kuni 3-turda “An-Nasr” öz uyida “Al-Vasl”ni qabul qilişi kerak edi, biroq mintaqadagi notinçlik ortidan uşbu öyin nomaʼlum muddatga qoldirildi.

Omadsiz start “An-Nasr”ga Toşkentga ikkinçi tarkibini jönatiş imkoniyatini bermaydi. Maʼlum bölişiça, saudiyaliklar Toşkent klubi rasmiylariga murojaat qilib, xavfsizlikni töliq taʼminlay olişi bilan qiziqqan. Biroq portugaliyalik yulduzning Toşkentga kelişi yoki kelmasligi – uning özi bilan boğliq ekanligi ham aniqroq.
Qayd etiş joiz, 2-turda “Neftçi” va “An-Nasr” örtasidagi bahs 1 soat keç boşlagandi. Bunga yaman husiyçilarining ehtimoliy raketa hujumi haqidagi xabarlar sabab bölgan. Öşa voqeani jonli kuzatgan Kun.uz manbalarining aytişiça, öyin starti avvalida futbolçilarning mobil telefonlariga ketma-ket ogohlantiruvçi xabarlar kelgaç, Kriştianu maydonga çiqişdan boş tortgan. “An-Nasr” rahbariyati futbolçiga deyarli 40 daqiqa davomida muxlislar uni köriş uçun kelgani va çipta sotib olganini tuşuntirişga uringan. Biroq futbolçi ança vaqt rozi bölmaydi, ammo 1 soatdan söng vaziyat yumşaganini körgaç maydonga tuşişga köngan.
Bundan körinadiki, “An-Nasr” rahbariyati har bir uçraşuvda Ronalduning maydonga tuşişidan manfaatdor, biroq sönggi söz futbolçining özida qolgan.
Vaziyatga Ronaldu tomondan nazar taşlasak, Kriş 41 yoşda. Uning “An-Nasr” bilan tuzgan şartnomasi 2027-yilning 30-iyunida yakuniga yetadi. U yaqinda Vogue jurnaliga bergan intervyusida bu uning futboldagi sönggi yili ekanligi haqida gapirib, özidan ajoyib meros qoldirmoqçiligini aytgandi.
Ronalduning 1000 ta golli davon zabt etilişiga oz qoldi. Portugaliyalik afsonaning hisobida hozir 982 ta gol mavjud bölib, marrani zabt etiş uçun 18 ta gol yetmayapti, xolos. Şartnoma yakunlanişiga esa, taxminan, 8 oy vaqt qolgan. Futbolçi, bu gollarni rasmiy öyinlarda urişga intilayotganini hisobga olsak, “An-Nasr”ning har bir öyini portugaliyalik uçun imkoniyat hisoblanadi.


















