Test sinovlarida asosiy tanlovdan öta olmagan abituriyentlar super-kontrakt (tabaqalaştirilgan kontrakt tölovi) bilan öqişga qabul qilinişi mumkin.

Qonunçilikka köra, tabaqalaştirilgan kontrakt tölovi talaba töplagan ballning kiriş balliga nisbatan miqdoriga boğliq.

Jumladan:

- 1,05 ballgaça yetmagan abituriyentlar – bazaviy tölov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

- 1,06 balldan 2,05 ballgaça yetmaganlar – bazaviy tölov-kontrakt miqdorining 2 barobari;

- 2,06 balldan 3,05 ballgaça yetmaganlar – bazaviy tölov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

- 3,06 balldan 4,05 ballgaça yetmaganlar – bazaviy tölov-kontrakt miqdorining 3 barobarini tölaydi.

4,05 balldan köproq yetmay qolgan, lekin 56,7 balldan kam töplamagan abituriyentlar bazaviy kontrakt miqdorining ma’lum baravarini tölaş orqali talaba bölişlari mumkin. Bu miqdor yönalişlarga qarab farqlanadi.

2022 yilda super-kontrakt narxlari stipendiyasiz şartnoma puli miqdori asosida hisoblangan.

Qayd qiliş joiz, yangi öquv yili uçun kontrakt miqdorlari tasdiqlanmadi. Kontrakt miqdori tasdiqlangaç, super-kontrakt pullari ham tasdiqlanadi. Söngra abituriyent özi öqimoqçi bölgan oliy ta’lim muassasasiga super-kontrakt böyiça murojaat qilişi mumkin.