23 sentabr – 8 oktabr kunlari Xitoyning Xançjou şahrida Osiyo öyinlari ötkaziladi.
«2023 yilda Xançjou şahrida (Xitoy) bölib ötadigan XIX Osiyo öyinlari va IV Paraosiyo öyinlariga Özbekiston sportçilarini kompleks tayyorlaş töğrisida»gi prezident qarorida terma jamoalar, alohida sportçilarning musobaqaga tayyorgarlik körişi uçun barça şart-şaroitlar yaratib berilişi nazarda tutilgan.
Şuningdek, ularni rağbatlantiriş miqdori ham belgilangan. Jumladan, Osiyo va Paraosiyo öyinlarida oltin medalni qölga kiritgan sportçilar 5 ming AQŞ dollari miqdorida mukofotlansa, kumuş va bronza medali sohiblari 3 ming va 2 ming dollar bilan, ularni tayyorlagan trenerlar 2,5 ming, 1,5 ming hamda 1 ming dollar bilan taqdirlanadi.
Bundan taşqari, Osiyo va Paraosiyo öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan Özbekiston sportçilarini tayyorlagan boşqa mutaxassislar 2 ming, 1 ming, 500 dollar miqdorida har bir medal uçun bir martalik pul mukofotlari bilan rağbatlantirilişi nazarda tutilgan.
Şuningdek, qarorga asosan ğolib va sovrindor sportçilar, ularni tayyorlagan trenerlar qöşimça ravişda mahalliy budjet mablağlari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan rağbatlantiriladi:
a) Osiyo va Paraosiyo öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan Özbekiston sportçilari:
- oltin medal uçun — Bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 300 baravari miqdorida (hozir 99 mln söm);
- kumuş medal uçun — BHM 200 baravari miqdorida (hozir 66 mln söm);
- bronza medal uçun — BHM 100 baravari miqdorida (hozir 33 mln söm);
b) Osiyo va Paraosiyo öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan Özbekiston sportçilarini tayyorlagan trenerlar:
- oltin medal uçun — BHM 200 baravari miqdorida (hozir 66 mln söm);
- kumuş medal uçun — BHM 100 baravari miqdorida (hozir 33 mln söm);
- bronza medal uçun — BHM 50 baravari miqdorida (hozir 16,5 mln söm);
«Xançjou-2022» Osiyo öyinlarida 400 nafardan ziyod sportçi 39 ta sport turida Özbekiston şarafini himoya qilişi kutilmoqda.












