Xalq orasida Işoqjon domla deb tanilgan, Toşkentdagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Işoqjon Begmatov soliqlar va keşbek haqidagi çiqişi munozaralarga sabab bölişi ortidan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
25 avgust kuni Özbekiston musulmonlari idorasida Içki nazorat komissiyasi tomonidan Işoqjon Begmatovning tarmoqlardagi bir qator çiqişlari keng muhokama qilingan.
Ma’lum qilinişiça, komissiya a’zolari imom-xatibning turli bahs-munozaralarga sabab bölgan keskin çiqişlari, ulamolar fatvolariga nisbatan ayrim teskari fikrlari, ixtilofli masalalarni kötarişi oqibatida, nizo va qarama-qarşiliklarga sabab bölgani qattiq tanqid ostiga olgan.
«Içki nazorat komissiyasi avval ham uşbu imom-xatibning mana şunday çiqişlarini bir neça bor körib çiqib, uni jiddiy ogohlantirgan edi. Afsuski, bunday holatlar yana takrorlanişda davom etdi. Yiğilişda I.Begmatovning mazkur çiqişlari Özbekiston musulmonlari idorasi munosabatini mutlaqo ifoda etmasligi, balki uning özbilarmonlik ila aytgan şaxsiy fikr-mulohazalari ekani ta’kidlandi.
I.Begmatov ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bölgan çiqişlarida jiddiy xatoga yöl qöyganini e’tirof etdi va puşaymonligini bildirdi. Içki nazorat komissiyasi qaroriga asosan imom-xatib mazkur çiqişlarida uşbu yönalişdagi buyruqlar talablari, içki tartib-qoidalari hamda mehnat majburiyatlariga muntazam ravişda rioya etmagani uçun Işoqjon Begmatov Toşkent şahridagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi vazifasidan ozod etildi», deyiladi idora xabarida.
24 avgust kuni ham diniy idora Işoqjon Begmatovning soliqlar va keşbek ilovalaridan foydalaniş töğrisidagi çiqişi keskin munozaralarga sabab bölayotganini ta’kidlab, uning qaraşlari Özbekiston musulmonlari idorasi munosabatini mutlaqo ifoda etmasligini ta’kidlagan edi.
«Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi tomonidan uşbu faoliyat turi batafsil örganilib, keşbek kabi ilovalar orqali kelib tuşadigan mablağ, mukofot yoki bonus joizligi haqida avvallari ikki marta fatvo berilgan. Bunda ğarar (aldov) va ribo aralaşmasligi şart qilingan.
Haqiqatan, soliq iqtisodiyot asoslaridan biri bölib, ijtimoiy himoya, xayriya işlari, boğça, maktab, mudofaa kabi aholi uçun zarur obektlarni moliyalaştiriş, şuningdek, yöl, köprik va şifoxona singari köpçilikka muhim inşootlarni quriş hamda pensiya, nafaqalar soliq tuşumlari hisobidan amalga oşiriladi», — deyilgan Musulmonlar idorasining avvalgi bayonotida.
Şuningdek, Özbekiston musulmonlari idorasi diniy soha xodimlarini qonunçilik talablariga hurmat bilan yondaşişga hamda xalq manfaati közlab amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni doim qöllab-quvvatlaşga çaqirgan.
Internetda tarmoqlarida tarqalgan videosida Işoqjon Begmatov kelib tuşgan savollardan biriga javob beriş asnosida tadbirkorlar keşbek berişini majburiy qilib, qonun çiqarganlar dökon egalariga zulm ötkazyapti, deb hisoblagandi.
Joriy yilning may oyida ham mehnat muhojirlari haqidagi şov-şuv gaplari tufayli Şukrullo domla sifatida tanilgan Toşloq tumani boş imomi va «Abu Hanifa» jome masjidi imom-xatibi Şukrullo Egamberdiyevga hayfsan berilgan va tuman boş imomi vazifasidan ozod qilingan edi.












