Boş prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqarolar R.A., T.Ş. hamda B.R. va A.A. MÇJ mas’ul şaxslari özaro til biriktirgani aniqlangan.

Tergov ma’lumotlariga köra, ular göyoki 16,6 mlrd sömlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta ma’lumotlar rasmiylaştirgan. Şuningdek, mahsulotlar sotilgani töğrisida nazorat-kassa maşinalari orqali soxta kirimlar amalga oşirilib, jami 3 106 ta xarid çeki şakllantirilgan.

Uşbu çeklar asosida ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar nomiga Soliq Mobile ilovasi orqali «keşbek» mablağlari rasmiylaştirilgan. Oqibatda davlat byudjyeti hisobidan 1,9 mlrd söm mablağ özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilingani ma’lum bölgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) hamda 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar va blankalarni tayyorlaş, qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda iş böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.