Shukrullo Egamberdiyev Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etildi
So‘nggi kunlarda mehnat muhojirlari haqidagi gaplari shov-shuv bo‘lgan imomga «hayfsan» intizomiy jazosi ham berilgan.

Foto: Videodan lavha
16 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida «Shukrullo domla» sifatida tanilgan Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va «Abu Hanifa» jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilingan. Idora matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda imom-xatibning e’tirozlarga sabab bo‘lgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga to‘g‘ri kelmasligiga urg‘u qaratilgan.
«Sh.Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab bo‘lgan chiqishlarida xatoga yo‘l qo‘yganini e’tirof etdi va uzr so‘radi. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi. O‘z navbatida, mazkur xatti-harakatlarga nisbatan huquqiy baho berib, tegishli chora ko‘rilishi munosabati bilan imom-xatibni obro‘sizlantirish holatlaridan saqlanishni so‘raymiz.
Ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga «hayfsan» intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish to‘g‘risida xulosa qildi», — deyiladi Musulmonlar idorasi bayonotida.
Musulmonlar idorasining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, Shukrullo Egamberdiyev «Abu Hanifa» jome masjidi imom-xatibi lavozimida qolgan.
Ma’lum qilinishicha, diniy idora tizimidagi Ichki nazorat komissiyasi – diniy soha xodimlari faoliyatini tartibga solish, kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga ta’sir choralarini qo‘llash va halol-pok xizmat qilayotganlarni himoya qilish hamda rag‘batlantirish kabi vakolatlarga ega.
So‘nggi kunlarda imomning mehnat muhojirlari haqidagi gaplari shov-shuv va katta e’tirozlarga sabab bo‘layotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shukrullo Egamberdiyev 2022 yil oktyabrida O‘zbekiston madaniyat vaziri, taniqli xonanda Ozodbek Nazarbekov bilan quda bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan

12:30 / 03.03.2025
Po‘lat Bobojonov IIV rahbarligidan ketdi

14:19 / 28.11.2024