Avariyaga dvigatelning notöğri işlaşi sabab bölgan. «U keragidan köproq — 84 soniya emas, 127 soniya işladi», degan «Roskosmos» rahbari Yuriy Borisov. Stansiya bu vaqtda öz orbitasini töğrilangani sababli, xato halokatga olib kelgan — u juda qattiq «tormoz olgan» va şunçaki oyga qulagan.
2023 yil 11 avgust kuni «Vostok» kosmodromidan uçirilgan stansiya 16 avgust kuni 100 kilometr barqaror balandlik bilan aylanma Oy orbitasiga çiqdi. U 19 avgust kunigaça öşa yerda edi.
Şundan söng, u muayyan bir vaqtda dvigatellarni oldinga burişi, sekinlaşiş va parvoz balandligini kamaytiriş uçun ularni qisqa vaqtga yoqişi kerak edi. Orbita elliptik bölişi lozim edi, uning eng past nuqtasi oy yuzasidan atigi 18 kilometr balandlikda bölardi.
Stansiya bu orbitada yana bir kun bölib, bosqiçma-bosqiç töğrilanişi, oxir-oqibat dvigatelni oldinga qaratib, Oy yuzasiga vertikal tuşişi kerak edi. Qöniş oldidan, sönggi bosqiçda stansiya dvigatel yordamida tezlikni deyarli nolga tuşirişi va Oyga qönişi lozim edi.
Dvigatelning bir yarim barobar köproq işlaşi natijasida qurilma tezligi şunçalik pasayib ketdiki, u oy yuzasiga qulab tuşgan.
Imkoniyatlar kam
Ekspeditsiyaning oxirgi qismi — qöniş, mutaxassislar tomonidan eng qiyin qism deb hisoblangan. Biroq, stansiya bu bosqiçga bormasdan qulab tuşgan.
Voqea sodir bölişidan bir neça kun oldin Kosmik siyosat instituti rahbari Ivan Moiseyev BBC naşri bilan suhbatda, agar qurilma Oyga qönsa, «demak, bu juda omad kelgani böladi» deb aytgan.
«Relef noma’lum va avtomatlaştirişni sozlaş juda qiyin. Avariyalar odatda jarayonning özini rejalaştiriş va dasturlaş bilan boğliq böladi. Ilgari sodir bölgan avariyalar relef noma’lumligi bilan boğliq edi va aytaylik, stansiyaning bir tomoni bilan toşga qöniş, agar u yetarliça katta bölsa, umumiy muvaffaqiyatsizlikka olib kelgan», degan u.
Bungaça «Roskosmos» rahbari Yuriy Borisov «Luna-25» ekspeditsiyasining muvaffaqiyatga erişiş ehtimoli 70 foizni taşkil etişini ma’lum qilgandi. 2023 yil iyul oyida uşbu missiya uçun apparatni işlab çiqqan Lavoçkin nodavlat taşkiloti uni 80 foiz deb baholadi. Ayni paytda rossiyalik astronom Vladimir Surdin RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida muvaffaqiyatga erişiş imkoniyatini 50 foiz deb aytgandi.
Rossiya sönggi yillarda Oy missiyasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan yagona davlat emas. Töğri, boşqa stansiyalarning avariyalari boşqa bosqiçda — qöniş paytida sodir bölgan. Rossiya stansiyasi esa qönişga tayyorgarlik bosqiçida qulab tuşdi.
2023 yil aprel oyi oxirida xususiy kompaniya tomonidan taşkil etilgan birinçi Oy missiyasi avariya bilan yakunlangandi. iSpace kompaniyasi tomonidan işga tuşirilgan Hakuto-R qöniş moduli bilan aloqa u Oyga qönişidan bir neça daqiqa oldin uzilib qoldi.
2019 yilda Hindistonning «Chandrayaan-2» stansiyasining qöniş moduli ham Oy yuzasiga tuşişidan bir neça soniya oldin ma’lumotlar uzatişni töxtatdi. U Oyning Janubiy qutb mintaqasiga, ya’ni taxminan Rossiyaning «Luna-25» apparati bilan bir xil joyga qönişi kerak edi.

Şu yili Isroilning «Beresheet» Oy qurilmasi ham Yerning tabiiy yöldoşiga qönayotganda halokatga uçradi.
Sönggi yillarda muvaffaqiyatli missiyalar ham böldi. Masalan, 2020 yilda Xitoyning «Çane-5» stansiyasi qaytuvçi moduli bilan Oyning körinadigan tomonidagi Böronlar okeaniga qöndi. U regolit (tuproq) namunalarini yiğib, ularni Yerga olib keldi.
23 avgust kuni Hindiston Moskva, Vaşington va Pekinning Oy triumviratini sindirdi: «Çandrayan-3» missiyasi eltgan «Vikram» qönuvçi apparatini Yerning tabiiy yöldoşiga muvaffaqiyatli qöndirib, buni uddalagan törtinçi davlatga aylandi.
Uzoq loyiha
«Luna-25» halokatining tabiati ança-munça aniq — bu orbitaning özgarişi bilan boğliq xato, dvigatel notöğri işlaşi sababi esa hali e’lon qilinmadi.
Ayni paytda, Rossiya missiyasining muvaffaqiyatsizligi haqidagi şarhlar va muhokamalarda ta’kidlanişiça, «Roskosmos» ekspeditsiya uçun mas’ul bölgan boş taşkilot sifatida, şuningdek, uni tayyorlaşda iştirok etgan boşqa muassasalar va kompaniyalar amaldagi apparatning nusxasini yaratmagan.
Bunday qurilma, birinçidan, stansiyaning kosmosda işlaşini tekşirişga yordam beradi, ikkinçidan, muvaffaqiyatsizlik yuz bersa, dasturni tuzatiş orqali muvaffaqiyatga erişiş ehtimoli yuqori bölgan yana bir stansiyani işga tuşiriş mumkin böladi.
Bundan taşqari, köpçilik bu loyiha «Roskosmos»ning «uzoq muddatli qurilişlari»dan biri bölganini ta’kidlaydi, bu esa unga katta qiziqiş yöqligini körsatadi.
Dastlab «Luna-Glob» deb atalgan uşbu stansiya loyihasi ustida işlaş 2005 yildan boşlangan. Missiya taşkil etilganidanoq texnik va moliyaviy muammolarni boşdan keçirgan.
Avvaliga uşbu qurilma «Roskosmos»ning «Fobus-Grunt» platformasida yaratilgan. Bu platforma Marsning Fobos sun’iy yöldoşiga qöniş, u yerdan tuproq namunalarini oliş va Yerga qaytişni öz içiga olgan «Roskosmos»ning ambitsiyali loyihasi edi.
Biroq, «Mars» ekspeditsiyasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 2011 yilda, startdan söng, apparatning dvigatel tizimi işga tuşmadi va u Tinç okeaniga quladi.
Uşbu avariyadan keyin «Luna-Glob» dasturi qayta körib çiqildi. Qurilmaning özi ham qayta ta’mirlandi va «Luna-25» deb özgartirildi.
Biroq, loyihaning baxtsiz sarguzaşti şu bilan töxtab qolmadi. Uni doimo «öngga surib qöyişdi» — ya’ni u yanada uzoqroq muddatga qoldirildi. «Luna-25»ni dastlab 2014 yilda işga tuşiriş rejalaştirilgan edi, amalda esa bu töqqiz yildan keyin amalga oşirildi.
«Maşq qiliş uçun qança vaqt va pul sarflandi? Yerdagi barça jarayonlarni stendda sinovdan ötkaziş uçunçi? Bu yerda şunday narsa bor — qança köp tayyorgarlik körsangiz, şunça köp pul sarflaysiz. Bunda qandaydir optimalni tanlaş kerak», deydi Ivan Moiseyev.
Inqiroz va «Roskosmos» islohotlari
«Luna-Glob» nomidan voz keçilgandan keyin paydo bölgan «Luna-25» nomi SSSR Oy dasturi uzluksizligini körsatiş uçun tanlangan: Oyga oxirgi sovet ekspeditsiyasi «Luna-24» deb atalgan va öşanda, 1976 yil avgust oyida u muvaffaqiyatli yakunlangan.
«Luna-24» yumşoq qönişni amalga oşirişga, tuproqdan namuna olişga va uni qaytuvçi modulda Yerga yetkazişga muvaffaq bölgan. Biroq, oradan 47 yil ötdi va texnologiyalar özgardi. Şunday ekan, yangi missiyani endi noldan boşlaş kerak böladi.

Qolaversa, 2000-yillar «Roskosmos» uçun eng yaxşi vaqtlar emas edi, korporatsiya moddiy baza eskirişi, xodimlar va mablağ yetişmasligi muammolariga duç kelgan. Bu esa bir neça yirik avariyalarga olib keldi.
Avariyalardan biri, masalan, «Proton-M» raketasi bilan 2013 yil 2 iyulda burçak tezligi datçigining ştatdan taşqari işlaşi tufayli yuz berdi. Keyinçalik, texnologik jihatdan notöğri örnatiş qiyin bölgan datçiklardan birini instruksiyaga muvofiq örnata olişmaganidan söng uni kuç bilan mahkamlaşgani ma’lum böldi.
Şu va boşqa avariyalardan söng, Rossiya rahbariyati kosmik sohada tarkibiy islohotni amalga oşirdi — «Roskosmos» federal agentligi va «Birlaşgan raketa-kosmik korporatsiya»si bitta davlat korporatsiyasiga birlaştirildi. Biroq, davlat korporatsiyasiga aylangan sobiq kosmik agentlikning köplab muammolari saqlanib qoldi. Koinot sanoatining tizimli islohoti haligaça davom etmoqda.
Parallel ravişda Rossiya yangi «Vostok» kosmodromini işga tuşirdi va bir neçta «Angara» raketalarini uçirdi. Biroq, ambitsiyali va qimmat Oy dasturi «Roskosmos» uçun haqiqiy yuk böldi.
Undan voz keçiş qiyin edi, çunki bunday darajadagi vazifa butun kosmonavtikaning rivojlanişiga turtki beradi. Dasturdan propaganda maqsadlarida ham foydalaniş mumkin.
Öta oğir raketa
«Luna» qurilmalari uşbu dasturning faqatgina birinçi bosqiçidir. Dasturning bu bosqiçida «Luna-25»dan keyin «Luna-26», «Luna-27» va «Luna-28» kosmik kemalarini uçiriş nazarda tutilgan.
Ikkinçi bosqiç öta oğir raketa, yangi kema va Oyga inson iştirokidagi parvozlar yaratişni öz içiga oladi. Uçinçi qismda esa Oyda baza quriş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, 2021 yilda Rossiya va Xitoy Oyda stansiya qurmoqçi ekani ma’lum böldi. Uning rejasi 2021 yil iyun oyida taqdim etilgan. Öşanda, taqdimotga köra, Oy stansiyasi yaşaş uçun möljallanmagandi.
Uşbu stansiya alohida loyiha sifatida mavjud edi va birinçi bosqiçda iştirokçilardan heç qanday sarmoya talab qilmadi, çunki u mustaqil ravişda işlab çiqilgan milliy Oy dasturlarini öz içiga olgandi. Uşbu loyihaning taqdiri hozirça töliq belgilanmagan.
«Roskosmos» rahbari birinçi örinbosari Aleksandr Ivanovning sözlariga köra, 2016 yilda öta oğir raketani işlab çiqiş va quriş dasturi, taxminan 1,5 trillion rubl turgan — federal koinot sanoatiga esa butun ön yillikni moliyalaştiriş uçun 1,4 trillion rubl ajratilgan.
«Roskosmos» rahbariyatida uşbu loyihaga turliça munosabatda bölişdi. Masalan, Rogozindan oldingi kosmik agentlik rahbari Igor Komarov 2016 yilda işga tuşiriş narxi juda yuqori bölgani uçun öta oğir raketani yaratişdan ma’no körmasligini aytdi. Komarov bu jarayon bir milliard dollar atrofida bölişini taxmin qilgan.
Uning örnini egallagan Dmitriy Rogozin, aksinça, bunday raketa va inson taşuvçi koinot-transport kemasini işlab çiqişni yoqladi va uning özi 2019 yilda BBC naşriga, bunday qurilmaning narxi 700-750 milliard rubldan oşmasligini aytdi.
Ehtimol, bu 2017 yil may oyida öta oğir raketani işlab çiqişni tezlaştiriş vazifasini qöygan Vladimir Putining topşiriği bilan qilingan.
2020 yilda Putin «Vostok» kosmodromida belgilangan muddatlarda oğir va öta oğir toifadagi raketa tizimlari uçun infratuzilma yaratilişiga va’da berdi. Ularning parvoz sinovlarining boşlanişi mos ravişda 2023 va 2028 yillarga möljallangan.
«Vostok» kosmodromidagi «Angara» uçun maydonlar hali ham tayyor emas.
2021 yil fevral oyida «Yenisey» öta oğir raketa loyihasi «texnik sabablarga köra» töxtatildi.
Tajriba narxi
«Luna-Glob» va keyinçalik «Luna-25»ning işlab çiqilişi barça Oy dasturlariga na qiziqiş va na ularni amalga oşiriş uçun imkoniyatlar mavjud bölgan davrga töğri keldi.
«1966 yilda Oyga birinçi qöngan qurilmani («Luna-9») 20 yil davomida yasaş... Xuddi şu raketa, xuddi şu ölçamlar, faqat qöniş sxemasi biroz boşqaça, lekin prinsipial jihatdan bir xil. Bunday sekin iş — bu işning yomon taşkil etilişidir», degan Ivan Moiseyev.
Boşqa bir rossiyalik mutaxassis Ilya Kramnik öz telegramdagi kanalida avtomatik stansiyaning Oyga parvozi kabi murakkab missiyani omadsizliklarsiz amalga oşirib bölmasligi va faqat amaliyotda töplanişi mumkin bölgan tajribagina muvaffaqiyatni ta’minlaşi mumkinligini yozdi.
«Sovet tajribasi şuni körsatadiki, köproq va tez-tez raketa uçiriş kerak. 1958 yildan 1976 yilgaça Oyga 45 ta sovet avtomatik sayyoralararo stansiyasi (ASS) uçirilgan, 31 ta parvoz turli sabablarga köra muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Muvaffaqiyatsizlik foizi hatto keyingi bosqiçlarda ham yuqoriligiça qolgan. Agar sovet Oy avtomatik sayyoralararo stansiyasining uçinçi avlodi E-8’ni oladigan bölsak, 1969 yildan 1975 yilgaça 16 ta stansiya işga tuşirilgan. Ulardan oltitasi muvaffaqiyatli, bittasi qisman muvaffaqiyatli bölgan, töqqizta uriniş esa qurilmalar yöqotilişi bilan tugagan», deb yozadi Kramnik.
Bu fikrni hammasi bölmasa ham, köpçilik mutaxassislar qöllab-quvvatlaydi. Tajribani faqat amaliyot orqali oliş mumkin, ammo kosmik ekspeditsiyalarning narxi hisobga olinsa, bu juda qimmat iş.
«Har qanday holatda ham Oy dasturini töxtatmaslik kerak — bu eng notöğri qaror böladi», dedi 21 avgust kuni «Roskosmos» rahbari Yuriy Borisov. Biroq, «Luna-25» «Roskosmos»ning Oy missiyalarida muhim böğin edi — u qurilmaning Yer tabiiy yöldoşiga qöniş imkoniyatini tekşirdi. Keyingi stansiyalar — «Luna-26», «Luna-27» va «Luna-28» birinçi rus missiyasi tajribasini hisobga olişi kerak edi.
Endi, Rossiya Ukraina bilan uruş boşlaganda, unda xarajatlarning yangi yönalişi paydo böldi.
Rossiya Oy dasturining kelajagi bormi?
Rossiyaning Federal kosmik dasturining ön yillik budjeti bilan boğliq muammolar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan ança oldin boşlangan.
Ammo endi, Ukrainada katta uruş olib borişda davom etayotgan Rossiya unga katta mablağ sarflaşga majbur.
Joriy kosmik dasturlarni amalga oşiriş allaqaçon ajratilgan mablağlarni qisqartiriş bilan birga davom etmoqda, ammo bu uruş xarajatlari bilan bevosita boğliq emas. Şunga qaramay, 2022 yilda Federal kosmik dasturni (FKD) moliyalaştiriş uçun 110 856,8 million rubl ajratildi va yil oxirida uning kassa ijrosi 75 196,08 million rublni taşkil etdi.
Uruşdan oldin boşlangan koinot xarajatlarini qisqartirişdan taşqari, Rossiya uruş boşlanganidan keyin yuzaga kelgan qiyinçiliklarni hisobga olgan holda FKDga özgartirişlar kiritdi. Asosiy muammolardan biri — unga harbiy sun’iy yöldoşlar yetişmay boşladi.
2022 yil iyul oyida federal kosmik dastur uşbu muammoni hisobga olgan holda qayta körib çiqildi. «Roskosmos»ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin lavozimini tark etişdan oldin FKDni moslaştirişga muvaffaq böldi. Uning sözlariga köra, birinçi darajali ustunlik sun’iy yöldoş guruhlariga berilgan.
Rogozin ham, uning vorisi Borisov ham harbiy sun’iy yöldoşlar haqida töğridan töğri gapirmaydi.
«Hozirda orbitada mavjud bölgan sun’iy yöldoşlar soni bilan biz mamlakatni kosmik xizmatlar — aloqa, navigatsiya, Yerni masofadan zondlaş bilan töliq miqyosda ta’minlay olmaymiz», degan «Roskosmos»ning amaldagi rahbari 2023 yil 10 fevralda RIA Novosti agentligiga.
Biroq, Yerni masofaviy zondlaş sun’iy yöldoşlari ham fuqarolik taşkilotlari, ham harbiylar tomonidan işlatilişi mumkin, çunki Yer yuzasi ma’lumotlari, masalan, harbiy obektlar haqidagi ma’lumotlarni ham öz içiga olişi mumkin. Harbiylar tomonidan aloqa va navigatsiyaga ham talab juda katta.












