1972 yilda uçirilgan «Kosmos-482» nomli fazoviy apparat öz faoliyatini yakunladi. U orbitadan çiqib, Hind okeaniga qulab tuşdi. «Roskosmos» ma’lumotiga köra, apparatning harakati Yer atrofidagi kosmik hududda xavfli vaziyatlar haqida ogohlantiruvçi avtomatlaştirilgan tizim yordamida nazorat qilingan.
«Roskosmos» tarkibidagi «TsNIImaş» mutaxassislari hisob-kitoblariga köra, qurilma bugun, 10 may kuni Moskva vaqti bilan soat 9:24 da (Toşkent vaqti bilan 11:24 da) atmosferaning ziç qatlamlariga kirgan. U Örta Andaman orolidan 560 kilometr ğarbda joylaşgan nuqtada Hind okeaniga qulagan. Bu hudud Indoneziyaning Jakarta şahri ğarbidagi mintaqaga töğri keladi.
Uşbu kosmik apparat 1972 yil 31 mart kuni Venera sayyorasini örganiş maqsadida uçirilgan «Venera-8» missiyasining dublyori bölgan. U taşuvçi raketasida tezlikni oşiruvçi qurilma nosozligi tufayli Yer orbitasidan çiqolmay qolib ketgan. Oradan 53 yildan köproq vaqt ötib, kosmik çiqindiga aylangan qurilma yerga tuşdi.
Avvalroq «Özbekkosmos» mutaxassislari «Kosmos-482»ning paraşyuti oçilmasa, yerga uriliş tezligi soatiga 500 kmgaça yetişi mumkinligini aytib, uning Özbekiston hududiga qulaşi ehtimolini 0,3–0,5 foizga baholagan edi.












