Qozoğistonning Jyezqozğon şahridan 147 kilometr janubi-şarqqa «Soyuz MS-25» kosmik kemasining kapsulasi muvaffaqiyatli qöndi, deb xabar beradi «Kazinform».
Qayd etilişiça, «Rosmosmos» kosmonavtlari Oleg Kononenko, Nikolay Çub va NASA astronavti Treysi Daysonni tibbiyot xodimlari, qutqaruvçilar, Kosmonavtlarni tayyorlaş markazi xodimlari kutib olgan.
Kapsula içidan birinçi bölib beş marotaba kosmosga uçgan, yetti marta oçiq kosmosga çiqqan va hozirga qadar kosmosda eng köp muddat — 1111 sutka vaqt ötkazgan Oleg Kononenko çiqarib olingan. Nikolay Çub uçun esa bu birinçi ekspeditsiya bölsa-da, u qariyb 1 yil davom etdi. Amerikalik Treysi Dayson bölsa uç marotaba kosmik parvozni amalga oşirgan va kosmosda 184 sutka bölgan.
Ekipajning barça a’zolari özini yaxşi his qilmoqda. Tibbiy tekşiruvdan keyin kosmonavtlar vertolyotda Qarağanda aeroportiga yetkazilgan bölib, ular Moskvaga uçib ketadi.
Ma’lumotlarga köra, «Roskosmos» kosmonavtlari Oleg Kononenko va Nikolay Çub orbitada 374 sutka işladi — bu Xalqaro kosmik stansiya (XKS) tarixidagi eng uzoq davom etgan dasturdir.












