Loyihada davlat organlari va boşqa taşkilotlarning, ular mansabdor şaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan ma’muriy sudlarga şikoyat qiliş tartibini soddalaştiriş, bunda ma’muriy sudlarga şikoyat qilişda fuqarolardan davlat bojini oldindan undirmasdan, davlat bojini işni körib çiqiş natijasi böyiça aybdor tarafdan undiriş tartibi nazarda tutilmoqda.
Taklif etilayotgan qöşimçalar:
– fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan sud orqali himoya qiliniş va sudga şikoyat qiliş huquqi kafolatlarini yanada kuçaytirişga;
– fuqarolarni buzilgan huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari yanada işonçli himoya qilinişiga, odil sudlovga erişiş darajasini yanada oşirişga;
– fuqarolar e’tirozlarining oldini olişga erişiladi.












