Loyiha böyiça akademik litseylarga öquvçilarni tanlab oliş bir bosqiçli kiriş test sinovlari şaklida amalga oşirilişi belgilab qöyiladi.
Barça akademik litseylarga kiriş test sinovlari Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan maxsus hududlarda ötkaziladi.
Fan olimpiadalari, tanlovlar ğoliblari va umumta’lim fanlarini özlaştiriş sertifikatiga ega bölganlar uçun imtiyozlar qöllaniladi.
Şuningdek, akademik litsey öquvçilari:
a) doimiy yaşaş uçun boşqa hududga yoki mamlakatga çiqib ketganda;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;
sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
vafot etganligi sababi böyiça öquv yili davomida;
b) öqişi boşqa akademik litseyga köçirilişi munosabati bilan;
öquvçining, uning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarning taşabbuslariga köra öz arizasiga muvofiq;
öquvçi tomonidan öquv dasturi va öquv rejasi talablari bajarilmaganda (semestr yakuni böyiça ikki yoki undan ortiq fanni «qoniqarsiz» bahoga özlaştirgan, 76 soat sababsiz dars maşğulotlarini qoldirgan) yoki tartib-qoidalarni qöpol ravişda buzganda esa öquv semestri tamom bölganidan söng öqişdan çetlatilişi qat’iy belgilab qöyildi.











