Taşrif doirasida Eron vakillari Özbekiston qişloq xöjaligi vazirining örinbosari Alişer Şukurov, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining örinbosari Sarvar Buzrukxonov bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi. Şuningdek, Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyati bilan tanişdi.

Bölib ötgan uçraşuvlar çoğida qişloq xöjaligi sohasida qöşma innovatsion tadqiqotlarni amalga oşiriş, qişloq xöjaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bölgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş işlarini samarali taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Qişloq xöjaligida innovatsiyalardan foydalaniş işlab çiqariş samaradorligini oşirişning asosiy yönalişlaridan biri ekanligi qayd etildi. Oziq-ovqat xavfsizligi, jumladan, pistaçilikni rivojlantiriş va pista navlarini yaratiş borasida tadqiqot işlarini amalga oşiriş böyiça hamkorlik qiliş istiqbollari körib çiqildi. Eron tomoni uşbu yönalişda tajriba almaşişga tayyorligini bildirdi.

Uçraşuvlar yakunida yoş olimlarning xorijiy ilmiy markazlar va universitetlarda qisqa muddatli ilmiy amaliyotini taşkil etiş va moliyalaştiriş töğrisidagi şartnoma imzolandi.

Uşbu şartnoma asosida joriy yil oktyabr oyidan boşlab 7 nafar özbekistonlik mutaxassislar biotexnologiya, veterinariya, boğbonçilik, uruğçilik, örmonçilik, mexanizatsiya va vaksinatsiya yönalişlari böyiça AREEÖda amaliyot ötiş maqsadida Eronga boradi.