Özbekiston hududi böyiça keça ob-havoning keskin özgarişi kuzatildi. Respublika böyiça barça joylarda yomğir yoğdi, ba’zi joylarda momaqaldiroq va şamolning kuçayişi qayd etildi. Kunduzgi harorat +5...+10 darajaga pasaydi.
Bugun ertalab respublika hududi böyiça (eng çekka şarqiy hududlardan taşqari) yomğir yoğişi töxtadi, osmon bulutlardan tozalana boşladi va quyoş nurlari havoni tezda isitdi. Bugun kunduzi harorat +23...+28 daraja atrofida böladi. Faqat Farğona vodiysi viloyatlarida bulutli ob-havo saqlanib turadi, ayrim hududlarda yomğir yoğadi.
“Özgidromet” xabariga köra, ertaga Özbekiston hududining katta qismida quruq, kam bulutli va iliq ob-havo bölişi kutilmoqda, havo harorati +29...+32 darajagaça kötariladi. Faqat Özbekistonning şimoli-ğarbiy hududlariga nam havo yangi qismi tarqala boşlaydi, Qoraqalpoğiston Respublikasining ba’zi joylarida yomğir yoğişi mumkin.
30 avgustda respublika böyiça ba’zi joylarda, 31 avgustda keçasi va ertalab Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, ayrim joylarda momaqaldiroq böladi.
31 avgustda kunduzi va 1 sentabrda Özbekistonning barça hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati +25...+30 daraja atrofida böladi.
29 avgustda şimolda, 30-31 avgust kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon kuzatilişi mumkin.
Poytaxtda 28 avgust va 29 avgust kunlari havo asosan biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
30 avgustda, şuningdek 31 avgustda ertalab va keçasi qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gaça kuçayişi mumkin.
31 avgustda kunduzi va 1 sentabrda yoğingarçilik kutilmaydi.
Harorat 28 avgustda +24...+26 daraja, 29-31 avgust va 1 sentabrda +25...+30 daraja böladi.












