Dengiz sathidan 3 ming metr balandlikda joylaşgan Amir Temur ğori «Manzil» loyihasining navbatdagi manzili böldi.

Amir Temur ğori Hisor davlat qöriqxonasi hududida joylaşgan. Bu qöriqxona hududida Özbekistonning eng yuqori nuqtasi Hazrati Sulton çöqqisi joylaşgan. Uning dengiz sathidan balandligi 4387 metr. Qöriqxona maydoni 80986 gektarni taşkil etadi. Qöriqxona hududidagi daryolarning asosiy suv manbai katta hududni egallagan muzliklar bölib, elarning maydoni esa 3155 gektar.

Bu hududning hayvonot dunyosi ham öziga xos. Umurtqali hayvonlarning 276 turi mavjud. Sut emizuvçilarning esa 32 turi yaşaydi. Ular orasida Ilvirs qor qoploni, Qönğir ayiq, Turkiston silovsini, Örta Osiyo qunduzi,Jayra, Sibir toğ eçkisi, böri, tulki va köplab hayvonlarni uçratiş mumkin.

Amerikadagi Grand kanyonlar köpçilikka yaxşi taniş. Kanyonlarning landşaft, tabiat va atmosfera Amir Temur ğori joylaşgan Qal’ali Şeron, ya’ni şerlar darasida takrorlanadi. Ming marta gapirgandan bir marta körgan afzal degandek, körsatuvni tomoşa qilib bunga amin böliş mumkin.

Uşbu körsatuv Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus