Bu borada gidroenergetika sohasiga faol jalb etilayotgan mahalliy va xorijiy investitsiyalar negizidagi loyihalar asosida yangi GESlarni quriş, uzoq yillardan buyon ekspluatatsiya qilib kelinayotgan GESlarni zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qiliş, mamlakatimizning kiçik va mikro gidroenergetik salohiyatini tölaqonli yuzaga çiqariş hamda uşbu jarayonga xususiy sektorni keng jalb qiliş borasidagi işlar yuqori sur’atlarda amalga oşirilmoqda.
Mamlakatimizda gidroenergetika sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor natijasida “Özbekgidroenergo” AJ hamda tizim tarkibidagi elektr energiya işlab çiqaruvçi korxonalar oldiga muhim vazifalar qöyilib, umumiy gidroenergetik quvvat hajmini yanada oşiriş borasida amaliy çora-tadbirlar işlab çiqilmoqda.


Ta’kidlaş joizki, yildan yilga tizimda yangi GESlarni quriş, modernizatsiya loyihalarini amalga oşiriş işlari hajmi ortib bormoqda. Bu, öz navbatida, mamlakatimizda GESlar sonining ortişiga, qayta tiklanadigan elektr energiya işlab çiqariş quvvatlari hajmining yanada oşişiga zamin yaratadi.
Bugun, 29 avgust kuni “Çirçiq GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Oq-qovoq GES-1 (GES-10) ning modernizatsiyadan söng, yangilangan yuqori quvvatlarda işga tuşirilişiga bağişlangan tadbir ötkazildi.
Tadbirni “Özbekgidroenergo” AJ Boşqaruvi raisining örinbosari Bekzod Amirsaidov hamda kaskad rahbari Abdurasul Şodmonov tabrik nutqi bilan oçib berdi.

Marosimda Çirçiq şahar hokimligi mutasaddilari, Jamiyat tizim korxona va taşkilotlari vakillari, hamkor xorijiy kompaniyalar mas’ullari, gidroenergetik muhandislar hamda OAV vakillari iştirok etdi.
Oq-qovoq-1 (GES-10)ning avvalgi örnatilgan quvvati 34,7 MVt bölgan bölsa, modernizatsiya işlari yakuniga yetkazilgandan söng 39,7 MVt ga yetkazildi.
Ma’lumot uçun: Uşbu GES bundan 80 yil oldin (1943 yilda) Çirçiq şahrida işga tuşirilgan bölib, umumiy quvvati 34,7 MVt bölgan 2 ta agregat örnatilgan.
GES tarkibiga quyidagilar kiradi:
– derevatsion kanal;
– zax kanali oxiridagi suv ajratiş inşooti;
– GES bosim havzasi;
– GES 1-gidroagregatiga boradigan 57 metrli kanal;
– GES 2-gidroagregatining bosim havzasi;
– stansiya binosi va boşqaruv korpusi;
– 891 metrlik qoplanmagan Bözsuv kanaliga tuşadigan ötkazuvçi kanal.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017-2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari Dasturi töğrisida”gi PQ-2947-son Qarori, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-apreldagi “Çirçiq GESlar kaskadi” UK (GES-10), “Samarqand GESlar kaskadi” UK (GES-2B), “Toşkent GESlar kaskadi” UK (GES-1) modernizatsiyasi” investitsiyaviy loyihaning texnik iqtisodiy asosini tasdiqlaş töğrisida”gi 276-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan, Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan “Çirçiq GESlar kaskadi” UK modernizatsiyasi (GES-10)” investitsiyaviy loyihasini moliyalaştiriş uçun imtiyozli kredit berilişi ma’qullanganligi, “Gidroproyekt” AJ tomonidan investitsiyaviy loyihaning texnik iqtisodiy asoslari işlab çiqilganligi qayd etilib, investitsiyaviy loyihaning moliyalaştiriş manbalari sifatida XXR Eksimbankining 20 yil muddatga, şu jumladan, 5 yillik imtiyozli davrga yillik 2,2 foiz stavkasi bilan, “Turonbank” ATB orqali qayta moliyalaştiriladigan va qayta moliyalaştiruvçi bankning 0,2 foiz miqdoridagi marjasi qöşilgan holda beriladigan kredit mablağlari, şuningdek, “Özbekgidroenergo” AJning öz mablağlari belgilangandi.

Loyiha qiymati 18.5 mln AQŞ dollari bölib, moliyalaştiriş “Özbekgidroenergo” AJning öz mablağlari – 4,1 mln AQŞ dollari hamda Xitoy Xalq Respublikasi Eskimbanki krediti – 14,4 mln AQŞ dollari hisobidan amalga oşirildi.
Modernizatsiya işlari XXRning sohada yetakçi taşkilotlaridan biri bölgan “CNTIC” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirildi.
Yangilangan quvvatlar orqali mazkur GES Çirçiq şahri aholisi hamda iqtisodiy sektoriga 213,8 mln kVt soat elektr energiya yetkazib berişi kutilmoqda.
Xulosa örnida aytiş joizki, Yangi Özbekistonda gidroenergetika sohasini yanada rivojlantiriş, sohaga ilğor, aqlli texnologik qurilmalarni joriy qiliş yurtimizning muqobil elektr energiyasiga bölgan ehtiyoji samarali va barqaror ta’minlanişiga, gidroenergetik quvvat manbaining yanada ortişiga muhim zamin yaratişi, şubhasiz.
Reklama huquqi asosida











