Naked Science naşrining Global Times maʼlumotlariga tayanib yozişiça, stansiya Xitoyning janubi-ğarbidagi Siçuan provinsiyasi, Garze-Tibet avtonom okrugining Yatszyan uyezdida joylaşgan. Uning örnatilgan quvvati 3 000 megavattni taşkil etadi.
Lyanxekou GES Xitoyning 2016–2020-yillarga möljallangan 13-beş yillik rejasidagi asosiy loyihalar qatoriga kiritilgan. Stansiya Yalun daryosidagi GES kaskadida suv oqimini tartibga solişda muhim örin tutadi.
303 metrlik töğon
GES qurilişi 2014-yilda boşlangan, 2024-yilda esa quriliş yakunlari böyiça qabuldan ötkazilgan.
Şağal-grunt özakli toş tökma töğonning balandligi 303 metrga yetadi. U Ginness rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng baland toş tökma töğon sifatida tasdiqlangan.
Stansiya dengiz sathidan örtaça 3 000 metr balandlikda, grunt mavsumiy muzlaydigan hududda qurilgan. Murakkab tabiiy şaroit sababli quruvçilar yil davomida atigi 200 kun atrofida samarali iş olib boriş imkoniga ega bölgan.
Tik yonbağirlar, toğ jinslari massividagi yuqori tabiiy kuçlaniş şaroitida yerosti maşina zalini barpo etiş, şuningdek, sovuq va baland toğ şaroitida öta baland töğon quriş qöşimça qiyinçiliklar tuğdirgan.
Loyihada 11 ta jahon rekordi örnatilgan
Quriliş davomida öta baland toş tökma töğonni intellektual texnologiyalar yordamida barpo etiş, qişda işlarni davom ettiriş hamda katta bosim va yuqori tezlikdagi suv oqimiga möljallangan suv taşlaş inşootlarini loyihalaş bilan boğliq texnik vazifalar hal qilingan.
Manbada keltirilişiça, loyiha doirasida jami 11 ta jahon rekordi örnatilgan. Qurilişning barça bosqiçlarida intellektual texnologiyalardan keng foydalanilgan.
Lyanxekou GES yiliga qariyb 11 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqaradi.












