Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Taşabbusli budjet» jarayonlari doirasida majburiy ovoz beriş holatlariga duç kelgan fuqarolarni bu haqda xabar berişga çaqirdi.

Ma’lum qilinişiça, ayrim hududlarda budjet taşkilotlari xodimlarini majburiy tarzda ovoz berişga jalb etiş holatlari kuzatilayotgani yuzasidan e’tirozlar kelib tuşmoqda.

Vazirlik 2023 yil 10 apreldagi prezident qaroriga köra, ovoz yiğişga majburlaş majburiy mehnatga jalb qiliş sifatida tasniflanişini eslatib ötdi. Bundan taşqari, majburiy ovoz töplaş holatlari yuzasidan kelib tuşgan barça murojaatlar huquqiy baho beriş uçun vakolatli organlarga taqdim etilayotganini bildirdi.

«Hurmatli fuqarolar, agar siz ham «Taşabbusli budjet» jarayonlari doirasida majburiy ovoz beriş holatlariga duç kelsangiz, bu haqda zudlik bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligining işonç raqamlariga yoki «Oçiq budjet» axborot portalining onlayn murojaat bölimiga xabar berişingizni söraymiz», — deyiladi xabarda.

«Oçiq budjet» axborot portalining onlayn murojaat bölimi — Onlayn murojaatnomalar.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining işonç raqamlari:

+99871 2035141; +99871 2035050 (içki raqam — 01115);
+99871 2031993 (içki raqamlar — 01116, 01117).