Heç sizda şunday hol sodir böladimi: bilimingiz, aqlingiz hamma narsaga yetadi. Heç narsadan kamingiz yöq. Ammo atrofga befarq va loqaydsiz. Biror narsa qilişingiz kerakligini bilasiz, lekin qilolmaysiz, bajarişni istamaysiz. Bunday odam içki ziddiyatlarga töla, murakkab odam hisoblanadi. Puşkinning «Yevgeniy Onegin» asari boş qahramoni ham xuddi şunday inson.
Syujyet:
Yevgeniy Onegin sankt-peterburglik zodagonlardan bölib, uning hayoti bazmlar, konsertlar, partiyalar iborat edi xolos. Boyvaçça amakisining ölimidan söng unga katta boylik va yer mulki meros bölib qoladi. Yevgeniy boşqa mamlakatga köçib ötgaç, u yerda qöşnisi, yoş şoir Vladimir Lenskiy bilan döstlaşadi. Lenskiy Oneginni özining turmuş örtoği, xuşçaqçaq, ammo hayot mazmuni haqida öylamaydigan Olga Larinaning oilasi bilan keçki ovqatga olib boradi. Bu uçraşuvda u Olganing opasi Tatyanani körib qoladi.
Tabiatan sokin, odamovi va Olganing teskarisi bölgan Tatyana Oneginni yoqtirib qoladi. Köp ötmay, u sevgisini e’tirof etib, Oneginga xat yozadi. Uning kutganidan farqli ölaroq, Onegin javob yozmaydi. Ular şaxsan uçraşganda, yigit xuşmuomalalik bilan, lekin mensimay va tanbeh tarzida uning bu taşabbusini rad etadi. Bu maşhur nutq köpinça Oneginning va’zi deb ataladi: u maktubning ta’sirli ekanini tan oladi, lekin tezda turmuş qurişdan zerikişini, oilaviy hayotni xohlamasligini, faqat Tatyanaga döstlikni taklif qila olişini bildiradi.
Keyinçalik Lenskiy Oneginni Tatyananing tuğilgan kunini nişonlaşga taklif qiladi. Onegin özi va Tatyanani ğiybat qiladigan mehmonlardan, uni kelişga köndirgan Lenskiydan ğazablanadi. U Olga bilan raqsga tuşiş orqali döstidan öç olişga qaror qiladi. Jiddiy va tajribasiz Lenskiyga bu qattiq ta’sir qiladi. U Oneginni duelga çaqiradi. Onegin kiborlar orasida dueldan boş tortiş or-nomus masalasi ekanini his qilib, istamay qabul qiladi. Duel paytida Onegin beixtiyor Lenskiyni öldiradi. Şundan söng u öz uyini taşlab, puşaymonlik tuyğusini öçiriş uçun çet elga sayohatga ketadi. Onegindan ayrilib yuragi ezilgan Tatyana esa Moskvada xolasi bilan yaşaşga ketadi.
Oradan bir neça yil ötib, Sankt-Peterburgda katta bazm böladi. Onegin ham bazmda qatnaşiş va eski rus jamiyati rahbarlari bilan muloqot qiliş uçun keladi. U hammaning e’tiborini öziga tortadigan, jamiyat girdobida markaziy örinni egallagan eng gözal ayolni köradi. Onegin u ayol bir vaqtlar sevgisini rad qilgan öşa Tatyana ekanini tuşunadi. Endi u keksa şahzodaga (general) turmuşga çiqqan edi. Tatyanani qayta körganida, u turmuşga çiqqan bölişiga qaramay, uning mehrini qozonişga intiladi. Uning urinişlari rad etiladi. Onegin ayolga bir neçta xat yozadi, lekin heç qanday javob olmaydi. Oxir-oqibat, yigit Tatyanani körişga muvaffaq böladi va unga birga qoçib ketişni taklif qiladi. Tatyana uni hali ham sevişini tan olsa-da, oilasining buzilişiga yöl qöymaydi, eriga sodiq qolişga qaror qilganini aytadi.
Tahlil:
Onegin öz zamondoşlariga qaraganda ilğor fikrlaydi, ma’nan boy. Biroq şu boylikni işlatgisi kelmaydi. Jamiyatdagi soxtalikni his qilib turadi. Jirkanadi. Munofiqlik, aldovlarni idrok etadi. Özini bunday muhitga begona his qiladi. Bunday hayotdan keçib ham ketolmaydi. Şu sababdan ham atrofga beparvo qaraydigan, karaxt holatda hayot keçiradigan bölib qoladi. Nima qilsa ham Onegin şu muhitning bolasi-da! Ming jamiyat urf-odatlaridan, sarqitlaridan nafratlansa-da, kuraşolmaydi. Kuraşsa ham ğalaba qozonolmasligi aniq! Çunki özining hayoti tartibsiz. Tahlil qilinmaydi.
Tatyana Larina asardagi yorqin obraz. Uning qalbi musaffo, orzulari billurdek tiniq. Köngliga ziğirça ğubor qönib ulgurmagan. Uning öz dunyosi bor. Bu dunyoda mehr va muhabbatga töla qalb yaşiringan. Tatyana Oneginda dardli, bezovta odamni köra bildi. Sevib qoldi.
Asarning kulminatsiyasi hisoblangan Tatyananing maktubi qismida beçora qiz ne-ne ikkilaniş, iztiroblar içida Oneginga xat yöllaydi. Ammo yigit qizning beğubor muhabbatini rad etdi. Çunki Onegin yengil-yelpi his-tuyğularning sarguzaştlariga örgangan, sevgi uning ermagiga aylanib ulgurgan, u uçun muhabbat deb atalmiş bebaho tuyğu öz qiymatini yöqotgandi. Ötkinçi his-tuyğulardan bezgan yuragi Tatyananing sof, pokiza hislariga tayyor emasdi (balki, bunday samimiyatga özini munosib körmagandir).
Oneginning rad etayotgandagi har bir sözi Tatyananing yuragiga naştardek sançiladi. Ammo yigit beparvo. Qiz şörlik nima qilsin! Şunday qilib qiz iztirobda, yigit esa özining eski dilxuşliklari bilan ovora holatda yaşaşda davom etişaveradi.
Asar oxirida Oneginning yuragida, umuman, hayotida özgariş sodir böladi. U Tatyanani kiborlar olamida, aslzodalar jamiyatida körib, sevişini anglab qoladi. Oneginning qalbi tubiga çökib ketgan samimiylik, soflik tuyğulari yuzaga çiqa boşlaydi. Afsuski, endi Tatyana özganing ayoli bölgandi. Bu narsa bir tarafdan Oneginga alam qilsa, boşqa tomondan Tatyanaga bölgan muhabbati unga xursandçilik, mamnunlik baxş etardi. Bir paytlar qizni azoblagan javobsiz tuyğular endi ikki barobar bölib Oneginning bağriga xanjar urardi. Tatyana tabiatiga sodiq holatda hamon Oneginni sevardi. Ammo qiz uçun muhabbatdan köra sadoqat gözalroq körinardi. Oilaga sadoqat yölida boşqa muhabbatning rad qilinişi ham gözaldir. Aynan mana şu asarda muhabbatning rad qilinişi çiroyli hodisa qilib körsatilgan. Qiz turmuş örtoğiga xiyonat qilmadi. Oilani his-tuyğularidan ustun deb bildi. Bir ayol uçun bundan ortiq oliyjanoblik bormi?
Adabiy tanqidçi Vissarion Belinskiy «Yevgeniy Onegin»ni «rus tarixining ensiklopediyasi» deb ataydi. Boisi Puşkin asarda jamiyatning hamma muammolarini birma-bir qalamga olib ötgan. Asarda kundalik ikir-çikir muammolarga töla dvoryanlarning mazmunsiz hayoti aks ettirilgan. Oneginning fojiasi şundaki, u özi yaşagan muhit çirkinliklariga özini bepisand tutiş orqali isyon qilgandek böldi-yu, biroq bu bilan heç narsaga erişolmasligini, aksinça, vaziyatni battar çigallaştirişini tuşunib yetmadi…
Ba’zan aslida bizga aziz bölgan narsa yoki kişilarning qadrini yöqotganimizda bilamiz. Hayotimizning mazmunli va farovon ötayotganini notinçlik boşimizga tuşganida anglaymiz. Bu inson tabiatida doimo yaşaydigan holat. Ammo baribir imkon qadar biz uçun in’om etilgan ne’matlarni borida qadrlaşga harakat qilişimiz lozim.
Gulasal Qodirova,
kitobxon
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilişi mumkin.












