Prezident uşbu taklifni 1 sentabr kuni xalqqa an’anaviy murojaatida ma’lum qildi. Unga köra, AES quriş muddati keyinroq aniqlanadi.
«2019 yilda saylovoldi dasturimda eng muhim strategik masalalar böyiça qarorlar referendum orqali qabul qilinişiga va’da bergandim. Atom elektr stansiyasini quriş yoki qurişdan boş tortiş mamlakatimiz kelajagi bilan boğliq nihoyatda muhim masaladir. Şuning uçun men uni umumxalq referendumiga qöyişni taklif qilaman», dedi u.
Töqayev respublikada atom elektr stansiyasini quriş maqsadga muvofiqligi haqida turli fikrlar borligini tan oldi.
«Bir tomondan, Qozoğiston dunyodagi eng yirik uran işlab çiqaruvçisi sifatida öz atom generatsiyasiga ega bölişi kerak. Ba’zi ekspertlar kiçik reaktorli stansiyalar qurilişini ma’qullaydi. Boşqa tomondan, köplab fuqarolar va bir qator ekspertlar atom elektr stansiyalari xavfsizligidan xavotirda. Semipalatinsk yadro poligonining fojiali merosini hisobga olsak, buni tuşuniş mumkin», dedi u.
Prezident bu borada muhokamalarni har tomonlama davom ettiriş zarurligini ta’kidladi.
Töqayev, şuningdek, yaqin beş yil içida kamida bir qança gidro elektr stansiyalar qayta ta’mirlanişi, yangilari qurilişini ma’lum qildi.
«Qozoğiston, asosan, elektr energiyasini import qilmasligi, qöşni davlatlarga qaram bölmasligi kerak. Hozir sodir bölayotgan voqealarni birinçi navbatda, davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan qabul qilib bölmaydi», dedi u.
Avvalroq, Qozoğistonda birinçi atom elektr stansiyasi Olmaota viloyatining Jambil tumanidagi Ulken qişloği hududida qurilişi haqida xabar berilgan edi. Biroq, Energetika vazirligi Qozoğistonda AES quradigan kompaniya haqida hali yakuniy qarorga kelmagani aytildi.
Ulken qişloği Qozoğistonning Balqaş köli yaqinida joylaşgan va Toşkent şahridan taxminan 700 km uzoqlikda.












