Germaniya kansleri Olaf Şols 4 sentabr, duşanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda öng közi boğlab qöyilgan va yuzida jarohat izi bölgan holda tuşgan suratini joylaştirdi. Bu siyosatçining dam oliş kunlari sport bilan şuğullanayotganda jarohat olgani haqidagi xabarlardan beri birinçi rasmi.
«Memlarni intiqlik bilan kutmoqdaman. Yaxşi tilaklar uçun rahmat, u aslidagidan ham yomonroq körinyapti», deb yozgan Şols X (sobiq Twitter) tarmoğidagi postiga.
Germaniya kansleri qaroqçi obrazida
Foydalanuvçilar uzoq kuttirmadi va bir neça soat içida ijtimoiy tarmoqlarda Şols bilan önlab memlar paydo böldi. Ularning aksariyati qaroqçilarga taalluqli. Kansler kapitan Jyek va «Karib dengizi qaroqçilari» franşizasining boşqa qahramonlari, şuningdek, multfilmlardagi qaroqçilar bilan soliştirilgan.
Ba’zi memlarda Şols 2006 yilda taşkil etilgan Germaniya qaroqçilari partiyasining yuzi sifatida tasvirlangan.
Boşqalarida - qaroqçilik kontentini yuklab oliş uçun sayt reklamasidek.
«Baxtsizlikdagi döstlar»
Rus tilida sözlaşuvçi foydalanuvçilar uni Aleksey Navalniyga öxşatdi. 2017 yilda rossiyalik muxolifat yetakçisi yaşil böyoq bilan hujumga uçragaç, xuddi şunday boğiçni taqib yurgan edi. Öşanda Navalniyning közi kuygan.
Germaniya hukumati rahbarining surati AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning surati bilan soliştirildi, u ham yaqinda internetga memlarga sabab böldi.
Şolsning postiga izohlarda foydalanuvçilar kanslerning tezroq soğayib ketişini va öz vazifasiga qaytişini tiladi.
Şols yuguriş paytida yiqilib tuşgan
Avvalroq Şols 2 sentabr kuni yuguriş çoğida «kiçik sport jarohati» olgani haqida xabar berilgandi. Germaniya hukumati matbuot kotibining sözlariga köra, 65 yoşli siyosatçi yiqilib, yuzidan jarohat olgan.
Şu sababli u 3 sentabr kuni Gessen federal yerida öz partiyasining saylovoldi tadbirlarida qatnaşa olmadi. Biroq uning bu haftadagi uçraşuvlari bekor qilinmadi.












