Qozoğiston qurolli kuçlari har qanday çaqiriqlarga tayyor bölişi kerak. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev «Batil töytaris-2023» strategik qömondonlik-ştab harbiy maşğulotlariga taşrifi çoğida harbiy xizmatçilar bilan suhbatda aytib ötdi.
«Bugungi kunda jahon mudofaa tizimida keng kölamli özgarişlar röy bermoqda. Uruşning zamonaviy usullari, ayniqsa, gibrid turlari keng tarqalmoqda. Hujumlar nafaqat harbiy, balki axborot, psixologik, siyosiy, iqtisodiy va boşqa bölişi mumkin. Şuning uçun Qozoğiston qurolli kuçlari har qanday çaqiriqlarga tayyor bölişi kerak», — dedi Töqayev, uning sözlari Qozoğiston rahbari matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
Davlat rahbarining fikriça, Qozoğiston armiyasi yuqori professional, harakatçan va eng qiyin jangovar topşiriqlarni bajarişga tayyor bölişi kerak.
«Buning uçun uni yuqori texnologiyali qurollar va yuqori sifatli harbiy texnika bilan jihozlaş, öq-dorilar bilan töliq ta’minlaş prinsipial ahamiyatga ega. Yaqinda qilgan murojaatimda men ustuvor vazifa – mahalliylaştiriş uluşi yuqori bölgan işlab çiqariş siklini yaratiş haqida aytdim. Zirhli maşinalar, uçuvçisiz uçiş apparatlari, zamonaviy öqotar qurollar – bularning barçasini özimizda işlab çiqarişimiz mumkin va kerak. Umuman olganda, harbiy-sanoat majmuasi armiyamizning jangovar salohiyati uçun işonçli poydevor bölişi kerak», – dedi u.
«Batil töytaris-2023» harbiy maşğulotlarida davlat va harbiy boşqaruv organlarining mudofaa operatsiyasini ötkazişga tayyorligi tekşirildi.
Maşğulotlarga 8000 nafar harbiy xizmatçi hamda 600 dona qurol-yaroğ va harbiy texnika jalb etilgan.












