Ekologiya vazirining maslahatçisi Rasul Kuşerbayev 30 avgust kuni Toşkentning Olmazor tumani Çiltöğon (Taxtapul) mahallasi hududida daraxtlarga zarar yetkazilgani haqida video e’lon qildi.

“Tadbirkor quriliş qilmoqçi bölgan. Biroq mahalla ahli va ekologlar bu yerdagi yaşnab turgan daraxtlarning kesilişiga qarşi. Kesişning imkoni bölmagaç, atrof öralib, közdan pana holda daraxtlarning tubi teşilib, daraxtni quritadigan suyuqliqlar quyilgan. Buni daraxtlarga qarşi suiqasd deyiş mumkin.

Afsuski, quriliş va pul dardi ba’zi “tadbirkor”larni kelajakni zavol qilişdan ham qaytarmayapti”, – deb yozgan vazir maslahatçisi.

Ekologiya vazirligi 6 sentabr kuni bergan ma’lumotga köra, “Airport House Builders” MÇJga tegişli bölgan hududda jami 19 tup manzarali daraxtlarga qasddan quritiş maqsadida zarar yetkazilgani aniqlangan.

Tabiatni muhofaza qiliş organi ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar qiymatini 1 mlrd 97 mln 184 ming sömga baholagan. Tegişli hujjatlar prokuraturaga oşirilgan.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, 5 sentabr kuni Toşkent şahar prokuraturasi holat yuzasidan JKning 198-moddasi Z-qismi bilan jinoyat işi qözğatgan.

Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismida “ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni qasddan şikastlantiriş, payhon qiliş, nobud qiliş köp miqdorda zarar yetkazilişi” haqida gap boradi. Bunday harakat uçun BHMning 150 baravaridan 200 baravarigaça miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi mavjud.

Şu bilan birga, yetkazilgan moddiy zararning örni 3 karra miqdorida qoplangan taqdirda, aybdorga ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanmaydi.