Uzum Market milliy marketpleysi özbekistonlik tadbirkorlarni qöllab-quvvatlab, assortimentni kengaytirişda davom etmoqda — platformada "Oila tanlovi" brendi ostida yetakçi mahalliy işlab çiqaruvçilarning eng köp talab qilinadigan tovarlari, şuningdek, xorijdan sinalgan sifatli mahsulotlar örin olgan lineyka paydo böldi. 

"Oila tanlovi" brendi ostida hamyonbop narxlarda sinalgan sifatli tovarlarning keng assortimenti taqdim etiladi, hozirda tovarlar qatorida har bir uyda zarur bölgan narsalar: sinalgan özbekistonlik işlab çiqaruvçilardan salfetkalar, souslar, yuviş vositalari. Kelajakda brend ostida ziravorlar, kungaboqar yoği, krupalar va boşqa talab qilinadigan mahsulotlar ham paydo böladi.

- Özbekistonlik tadbirkorlarga yangi brend yaratiş, nomlaş, tarğib qiliş uçun mablağ sarflamasdan, butun mamlakat böylab tovarlarni sotiş uçun yangi maydonçani taqdim etiş biz uçun muhim. Şu bilan birga, respublika içida işlab çiqarilmaydigan, masalan, yangi yil bayramlari arafasida an’anaviy ravişda talab ösib boradigan nöxat va makkajöxori kabi özbekistonliklarning sevimli mahsulotlari mavjud va bu holda biz xorijiy işlab çiqaruvçilar bilan ham hamkorlik qilişga tayyormiz, — deydi Uzum Market boş direktori Ilşat Xametov. — "Oila tanlovi" lineykasiga yetakçi mahalliy va xorijiy kompaniyalarning sinalgan sifatli mahsulotlari kiradi. Sönggi 3 oy içida bizning platformamizda oziq-ovqat savdosi ötgan oylarga nisbatan 50% ga ösdi va şu davrda uy kimyoviy vositalari va şaxsiy parvariş mahsulotlariga talab 40% ga oşdi. Uzum Market foydalanuvçilari — bu esa mamlakatning barça hududlaridan bir neça million özbekistonliklar — bizning platformamizda uy va oila uçun zarur bölgan barça narsalarni unumli narxlarda sotib oliş mumkinligiga örganib qolgan va biz tadbirkor hamkorlarimiz bilan assortimentni kengaytirişda davom etmoqdamiz. 

Bugungi kunda milliy marketpleysda Özbekiston kompaniyalari va tadbirkorlarining 600 mingdan ortiq noyob tovar pozitsiyalari taqdim etilgan, iyul oyida Uzum Market mamlakat böylab 1 milliondan ortiq buyurtmalarni yetkazib berdi. Yil oxiriga qadar Uzum Market tovarlar assortimentini 800 mingdan ortiq noyob tovar pozitsiyalariga, geografiyasini esa mamlakat böylab 75 dan ortiq şaharlarga, şu jumladan kiçik aholi punktlariga kengaytirişni rejalaştirmoqda.

Reklama