Endilikda foydalanuvçilar Xiaomi’ning keng turdagi original (asl) mahsulotlarini töğridan töğri brendning marketpleysdagi rasmiy dökoni orqali xarid qilişlari mumkin. Katalogdan smartfonlar, planşetlar, taqiladigan qurilmalar, audio mahsulotlar, aqlli uy texnikasi hamda Xiaomi ekotizimiga kiruvçi boşqa qurilmalar örin olgan.
Xiaomi’ning Uzum Market’dagi rasmiy dökoni orqali xarid qiliş mijozlarga mahsulotlarning haqiqiyligini, işlab çiqaruvçining rasmiy kafolatini hamda Özbekiston hududida sertifikatlangan servis xizmatidan foydalaniş imkoniyatini kafolatlaydi.
Rasmiy dökonning oçilişi Xiaomi’ning mamlakatdagi ekotizimini rivojlantiriş yölidagi navbatdagi qadam bölib, brend qurilmalarini Özbekiston böylab millionlab foydalanuvçilar uçun yanada qulayroq va ommaboproq qilişga qaratilgan. Uzum Market bilan hamkorlik tufayli xaridorlar buyurtmalarni onlayn tarzda rasmiylaştirib, ularni mamlakatning turli hududlariga yetkazib beriş xizmatidan foydalanişlari mumkin.
Rasmiy dökon oçilişi munosabati bilan Xiaomi xaridorlar uçun maxsus takliflar tayyorladi. 13 iyulgaça platformada brendning qator ommabop qurilmalariga 18 foizgaça çegirmalar, şuningdek, ayrim modellarga eksklyuziv takliflar amal qiladi.
Aksiya doirasidagi asosiy takliflar:
· POCO C71 4+128 — 1 449 000 söm örniga 1 339 000 söm;
· REDMI A5 4+128 — 1 499 000 söm örniga 1 371 020 söm;
· REDMI 15C 4+128 — 1 899 000 söm örniga 1 749 000 söm;
· POCO M8 5G 6+256 — 3 199 000 söm örniga 2 939 020 söm;
· REDMI Pad 2 4G 4+128 — 2 599 000 söm örniga 2 499 000 söm;
· Redmi Buds 8 Lite — 299 000 söm örniga 269 000 söm;
· Xiaomi Smart Band 10 Pro — 1 065 000 söm örniga 965 000 söm;
· Xiaomi Watch S5 46mm — 2 350 000 söm örniga 2 125 000 söm;
· Xiaomi 17T va Xiaomi 17T Pro smartfonlarini xarid qilganingizda REDMI Headphones Neo quloqçini sovğa sifatida qölga kiriting.
Bundan taşqari, xaridorlar Uzum’ning moliyaviy xizmatlaridan, jumladan, Uzum Nasiya orqali texnikani bölib bölib tölaş imkoniyatidan ham foydalanişlari mumkin.








