Reytingga köra, joriy yilning birinçi yarim yilligida NKMK tomonidan 1,425 mln unsiya oltin işlab çiqarilib, bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oşgan. Dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadigan “Muruntov” koni NKMKga tegişli ekani qayd etilgan.

Top-10 röyxatda 2,513 mln unsiya oltin işlab çiqargan “Newmont” kompaniyasi yetakçilik qilgan. Kompaniyaning körsatkiçi ötgan yilning şu davriga nisbatan 11 foizga kamaygan.  

Reytingning yuqori beşligidan mos ravişda “Barrick” (1,961 mln unsiya oltin işlab çiqargan), “Agnico” (1,686 mln unsiya oltin işlab çiqargan) hamda “Polyus” (1,448 mln unsiya oltin işlab çiqargan) kompaniyalari joy olgan.

Röyxatda NKMKdan keyingi örinlarni “AngloGold Ashanti”, “Gold Fields”, “Newcrest”, “Zijin Mining” va “Kinross” kompaniyalari egallagan.