Özbekiston – 2030» strategiyasi va uni 2023 yilda amalga oşiriş çora-tadbirlari tasdiqlandi.
Strategiyada 5 ta yönaliş böyiça 100 ta maqsad nazarda tutilgan.
Jumladan, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etiş tizimining samaradorligini oşiriş, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş işlarini jadal davom ettiriş muhim maqsadlardan biri etib belgilandi.
Bunda, 2030 yilgaça erişiladigan maqsadlarning samaradorlik körsatkiçlari sifatida quyidagi aks etdi:
Transparency International xalqaro taşkiloti tomonidan e’lon qilinadigan Korrupsiyani qabul qiliş indeksida kamida 50 poğonaga kötarilişga erişiş;
davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilik hujjatlari talablarini buziş holatlarini 2 barobarga kamaytirişga erişiş;
davlat xaridlarini töğridan töğri şartnoma tuziş orqali amalga oşirişda mablağlarning talon-toroj qiliş holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oşib ketişining oldini oliş böyiça jamoatçilik nazoratini tölaqonli joriy qiliş;
100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning «korrupsiyadan xoli qonunçilik» tamoyili asosida işlab çiqilişini ta’minlaş.








