Yevroparlament Haagadagi Xalqaro jinoiy sudni Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoni hibsga olişga order berişga çaqirdi. 13 sentabr, çorşanba kuni yevrodeputatlar tomonidan ma’qullangan rezolyutsiyada Lukaşenko Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan viloyatlaridan 2150 dan ortiq bolalarni, şu jumladan yetimlarni Belarusdagi soğlomlaştiriş lagerlariga majburan olib çiqişda şerik sifatida körsatilgan, ular u yerda «ruslaştiriş va mafkuraviy bosimga duçor bölmoqda». Yevropa parlamenti Lukaşenko va uning rejimini Vladimir Putin va bolalar ombudsmeni Mariya Lvova-Belova singari uşbu harakatlar uçun javobgar deb biladi.
YeP Lukaşenko rejimining Ukrainaga qarşi harakatlardagi iştirokini qoraladi
Rezolyutsiyada Lukaşenko rejimining Ukrainaga qarşi asossiz, noqonuniy tajovuzkor uruşdagi iştiroki; Rossiya qöşinlarini qurol-yaroğ va harbiy texnika bilan ta’minlaşi, armiya uçun butlovçi qismlarni işlab çiqarişi, qöşinlarni mamlakatga joylaştirişi va ularni Belarus instruktorlari tomonidan öqitişi; Rossiya agressiyasiga qöşilişi hamda Ukraina çegarasi yaqinida qöşinlarni joylaştirişi qoralanadi.
Belarus rahbariyati maxsus tribunal oldida javob berişi kerak
Hujjatda qayd etilişiça, Lukaşenko rejimi sodir etilgan jinoyatlarga şerik böldi, bu Ukrainaga yetkazilgan vayronagarçilik va zarar uçun javobgarlikni nazarda tutadi. Şu munosabat bilan Yevroparlament Ukrainaga nisbatan sodir etilgan jinoyat böyiça maxsus xalqaro tribunal nafaqat Rossiya, balki Belarus rahbariyati harakatlarini ham tekşiriş yurisdiksiyasiga ega bölişi kerak, deb hisoblaydi.
Şu sababli, yevroparlamentariylar Yevropa Ittifoqi institutlari va Yevropa Ittifoqi davlatlarini «Ukrainaga qarşi bosqinçilik, harbiy jinoyatlarda iştirok etgan Belarus rasmiylarini jinoiy javobgarlikka tortiş»ni ta’minlaş uçun barça çoralarni körişga çaqirdi.












