Prezidentning 2023 yil 11 sentabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston – 2030” strategiyasida energetika sohasiga oid ustuvor maqsadlar belgilandi.
Strategiyaning 51-maqsadida “Yaşil iqtisodiyot”ga ötiş, uning asosi bölgan qayta tiklanuvçi energiyadan foydalaniş körsatkiçlarini keskin oşiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini 25 ming MVt hamda jami iste’moldagi uluşini 40 foizga yetkaziş, sanoatda “yaşil sertifikat”lar bozorini rivojlantiriş va “ekologik markirovkalaş” amaliyotini joriy qiliş öz aksini topdi.
3 GVt quvvatli 3 ta issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qiliş orqali tabiiy gaz sarfini kamaytiriş hamda köp qavatli uy-joylardagi xonadonlarning energiya samaradorligi (energoaudit)ni baholaş tizimini joriy etiş hamda şaharlarda jamoat transportini ekologik toza yoqilğiga ötkaziş maqsad qilindi.
Iqlim özgarişi sohasida barça issiqxona gazlarini qamrab oluvçi monitoring tizimini (MRV) yaratiş, issiqxona gazlarining yalpi içki mahsulot birligiga nisbatan 2010 yildagi darajadan 30 foizga qisqartirişni amalga oşiriş belgilandi.












