Qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalarini, ayniqsa yirik tangalarni aholi ham faol xarid qilmoqda.
Markaziy bank 2021 yildan beri birinçi marta ölçovli oltin quymalari va qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalari savdosi töğrisidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
2021–2023 yillarda Markaziy bank tomonidan 5 xil mavzuga bağişlangan jami 3550 tirajda oltin (umumiy vazni – 72kg, tangalar vazni – 15, 20, 31,1 gramm) va 3900 tirajda kumuşdan (umumiy vazni – 121 kg, tangalar vazni – 31,1 gramm) tayyorlangan esdalik tangalari sotuvga çiqarildi.
Aholi tomonidan numizmatika, kolleksiyalaş, investitsiya hamda jamğariş maqsadida sotuv şoxobçalari orqali 2951 dona (83 foiz) oltin va 3864 dona (99 foiz) kumuşdan tayyorlangan esdalik tangalari sotib olindi.
Ötgan davr mobaynida aholiga investitsiya va jamğariş maqsadlarida sotuv şoxobçalari orqali 13 130 dona (umumiy vazni – 255 kg) ölçovli oltin quymalari sotilgan.
1 sentabr holatiga köra, aholi qölida bölgan har bir turdagi quymalar soni quyidagiça:
5 grammli - 3793 dona, umumiy oğirligi 18,96 kg;
10 grammli - 3854 dona, 38,5 kg;
20 grammli - 2545 dona, taxminan 51 kg;
50 grammli - 2938 dona, 147 kg.
Hududlar kesimida ölçovli oltin quymalarni sotiş böyiça Toşkent şahrida taşkil etilgan sotuv şoxobçalari yetakçilik qilib, Toşkent şahrida sotilgan quymalar soni 9894 donani (jami muomalaga çiqarilgan quymalarning 75 foizi) taşkil etmoqda.
Esdalik tangalarini aholiga sotiş 2018 yilda boşlangan, ikki yildan söng unga oltin quymalari ham qöşilgan. Yakka tartibdagi xaridorlarga tegişli şartlarga rioya qilgan holda ularni Özbekistondan olib çiqişga ruxsat berilgan.












