Qayd qilinişiça, «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti korxonasi metrologiya xizmati boşliği M.H. va metrologiya xizmati yetakçi muhandisi A.A. mansab vakolatlaridan foydalanib, ikkita xususiy korxona (gaz quyiş şoxobçasi) rahbarlari bilan «jinoiy til biriktirgan».
Jumladan, ular gaz quyiş şoxobçalaridagi «Avtopilot-PRO» gaz hisoblaş uskunasi örnatilgan xona eşigining tamğalanişini ta’minlamagan. Şuningdek, gaz hisoblagiç uskunasidagi impuls trubkasi tamğasini öğrilik qiliş maqsadida heç qanday hujjatsiz almaştirgan. Oqibatda, 26,1 mlrd sömlik juda köp miqdordagi tabiiy gazni öğirlab, yaşirin ravişda talon-toroj qilgan.
Sud hukmiga köra, «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti korxonasi xodimlarining har biri 9 yilga, xususiy korxona rahbarlari 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Şuningdek, ayblanuvçilar tomonidan 6 mlrd söm zarar qoplangani sababli, qolgan 20,1 mlrd söm zararni sudlanuvçilardan solidar tartibda undiriş belgilandi.











