Özbekistonda ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) töğridan töğri (attestatsiyadan ötkazilmasdan) beriladi.

Ular:

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan röyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:

➖ tuman (şahar) bosqiçi ğolibini (1-örin) tayyorlagan maktabgaça ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya yöriqçilariga — ikkinçi malaka toifasi (katta öqituvçi lavozimi);

➖ Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bosqiçi ğolibini (1-örin) tayyorlagan maktabgaça ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya yöriqçilariga — birinçi malaka toifasi (yetakçi öqituvçi lavozimi);

➖ xalqaro hamda respublika bosqiçi ğolibi va sovrindorlarini (1 — 3-örin) tayyorlagan maktabgaça ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya yöriqçilariga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi);

belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport taşkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

➖ tuman (şahar) bosqiçi ğolibini (1-örin) tayyorlagan ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — ikkinçi malaka toifasi (katta öqituvçi lavozimi);

➖ Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bosqiçi ğolibini (1-örin) tayyorlagan ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — birinçi malaka toifasi (yetakçi öqituvçi lavozimi);

➖ xalqaro hamda respublika bosqiçi ğolibi va sovrindorlarini (1 — 3-örin) tayyorlagan ta’lim taşkilotlari jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi);

jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, şuningdek, «Beş taşabbus olimpiadasi», olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari böyiça uç bosqiçli umumrespublika sport musobaqalarining:

➖ tuman (şahar) bosqiçi ğolibi va sovrindorlarini (1 — 3-örin) tayyorlagan umumiy örta ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — ikkinçi malaka toifasi (katta öqituvçi lavozimi);

➖ Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bosqiçi ğolibi va sovrindorlarini (1 — 3-örin) tayyorlagan umumiy örta ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — birinçi malaka toifasi (yetakçi öqituvçi lavozimi);

➖ xalqaro hamda respublika (final) bosqiçi ğolibi va sovrindorlarini (1 — 3-örin) tayyorlagan umumiy örta ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi);

xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumuş yoki bronza medal (birinçi, ikkinçi va uçinçi örin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim taşkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi);

oliy malaka toifasiga (boş öqituvçi lavozimiga) ega bölganidan söng oliy malaka toifasini (boş öqituvçi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz iş stajiga ega bölgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi).