Şavkat Mirziyoyevning AQŞga taşrifi arafasida — 15 sentabr kuni Vaşingtonda Özbekiston-Amerika biznes-forumi bölib ötdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Forumning oçiliş marosimida Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Amerika-Özbekiston savdo palatasi boşqaruvi raisi Kerolin Lemm, AQŞ Eksimbanki prezidenti Reta Jo Lyuis va davlat kotibi yordamçisi örinbosari Das Mark Pommerşaym sözga çiqdi.

Unda raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov, ikki mamlakatning tegişli vazirlik va idoralari, sanoat birlaşmalari, tijorat banklari va investitsiya tuzilmalari rahbarlari, şuningdek, AQŞning AKT, maşinasozlik, qişloq xöjaligi, yengil sanoat, transport, bank işi va boşqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yirik korporatsiyalari rahbarlari iştirok etdi.

Forum davomida Özbekiston va AQŞ örtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani va bunga rahbariyatning siyosiy irodasi, hukumatlar va tadbirkor doiralar orasidagi doimiy hamkorlikning örni katta ekani ta’kidlandi.

Şuningdek, unda Özbekistonning iqtisodiyot, savdo, sanoatni rivojlantiriş va sarmoyaviy muhitni yaxşilaş böyiça erişgan muhim yutuqlari taqdim etildi. Xususan, boşqa faktlar qatorida erkin bozor va soğlom raqobat mexanizmlari yaratilgani, tadbirkorlikni faol qöllab-quvvatlaş, infratuzilmani rivojlantiriş, energiya resurslari bilan ta’minlanganlik, iqtisodiyotda davlat iştirokining qisqarişi va keng kölamli xususiylaştiriş jarayonlari boşlangani qayd etildi.

Bundan taşqari, forumda toğ-kon, kimyo va energetika, töqimaçilik sanoati, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, elektronika, axborot texnologiyalari kabi qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşirişning eng istiqbolli yönalişlari belgilab olindi. Yuqori qöşimça qiymatga ega bölgan mahsulotlar işlab çiqariş va uçinçi davlatlarga eksport qiliş böyiça qöşma korxonalar taşkil etişda katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Tadbir davomida global raqobat, ta’minot zanjiri barqarorligini ta’minlaş, tadbirkorlik muhitini rivojlantiriş, innovatsiyalarni rağbatlantiriş, strategik prognozlaş, xususiylaştiriş va moliyaviy-texnik hamkorlik masalalari böyiça alohida sessiyalar ötkazildi. 

Biznes-forum işi Özbekiston va AQŞ vazirliklari, idoralari, tarmoq birlaşmalari va yetakçi kompaniyalari rahbarlarining G2B va B2B formatidagi uçraşuvlari bilan davom etdi. Iştirokçilar qöşma korxonalar taşkil etiş va özaro manfaatli savdo şartnomalarini tuziş masalalarini atrofliça muhokama qilişga muvaffaq böldi.

Tadbir yakunida energetika, maşinasozlik, AKT, qişloq xöjaligi, moliyaviy-texnik va ilmiy hamkorlik, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş kabi sohalarda 12 ta hujjat imzolandi.