Vaşington kiçkina şahar, Toşkentdan ham kiçkina. Lekin 3500 dan ortiq avtobus bekatlari bor, bu degani siz şaharning xohlagan burçagiga avtobusda bora olasiz. Amerikada avtobus çiptasi narxlari şahar va ştatiga qarab har xil, masalan, poytaxtda 1 ta qatnov uçun 2,25 dollar olinadi.
Bekatlarga kelsak, avtobus liniyalari metrodan ham qulay. Çunki metro stansiyalari soni 100 ga ham yetmaydi. Demak, siz Vaşingtonni metro emas, avtobusda bemalol aylanasiz.
Bekatlar alohida identifikatsiya raqamiga ega. Yölovçi şu raqamni ilovaga kiritsa, avtobus qaçon kelişini real vaqt rejimida körib turadi va şunga qarab reja qiladi.
Vaşingtondagi avtobus bekatlarini şartli ravişda asosiy 4 turga bölolamiz. Bular heç nimasiz – faqat oddiy ustunli bekatlar, tomi yopilgan va örindiqli bekatlar, metro stansiyasi yonidagi yirik avtobus terminallari, yöl va yölkalar örtasida qurilgan bekatlar. Butun poytaxtda eng köp şu turdagilarini uçratasiz. Qiziği, hammasi oddiy, sodda, qulay. Sovitiş va isitiş tizimiga ega, içida har xil savdo nuqtalari bor bekatlar esa yöq.
Eng maşhurlari – heç nimasiz, bittagina ustunga avtobus raqami yozilgan bekatlar hamda led çiroqlari bor, usti yopilgan örindiqli bekatlar bölib qolmoqda.
Faqat ustunga ega bekatda odamlar turgan holatda avtobusni kutadi.
Vaşingtonda bekatlarning asosiy xarajati reklamadan qoplanadi. Çunki reklama uçun monitorlar örnatilgan va olingan pullarga bekatlar ta’mirlanadi, yangilari quriladi.
Bugun hattoki 50 yildan beri xizmat körsatayotgan bekatlarni ham uçratasiz. Demak, ularni bölar-bölmasga qurib buzişmaydi. Ammo şaharda “Better bus” loyihasi ötgan yildan işga tuşgan. Endi yuzlab bekatlar optimallaştiriladi, yangilari quriladi, ba’zilari yopiladi.
Yana bir ma’lumot, Vaşingtonda bekatlar orasi yaqin-yaqin, hatto 150-200 metr, lekin endi ularning ba’zilarini birlaştirişmoqçi. Umuman olganda, bekatlar uzoq yillardan beri özgarmay keladi, zamonga moslaştirilişi mumkin, lekin bunday işlar asosan uzoq kelajakka möljallangan rejalar bilan qilinadi. Avtobuslar hamma bekatda töxtamaydi, odam bölsa yoki avtobus içidan kimdir tuşişini bildirsa töxtaydi.
















